https://oz.sputniknews.uz/20260706/chollanish-qarshi-choralar-reja-58863291.html
Cho‘llanishga qarshi qanday choralar rejalashtirilmoqda — prezident taqdimot bilan tanishdi
Cho‘llanishga qarshi qanday choralar rejalashtirilmoqda — prezident taqdimot bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezidentga cho‘llanishga qarshi kurashish va cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. 2026–2030 yillarda 1,27 million gektarda o‘rmon barpo etish va qayta tiklash rejalashtirilmoqda.
2026-07-06T18:44+0500
2026-07-06T18:44+0500
2026-07-06T18:44+0500
shavkat mirziyoyev
ekologiya
davlat ekologiya qo‘mitasi
o‘rmon
orol dengizi
markaziy osiyo
iqlim o‘zgarishi
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/06/58863124_0:197:1900:1266_1920x0_80_0_0_73fc777e14c2485f5d692d4218119a3e.jpg
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev cho‘llanishga qarshi kurashish va cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda 2026–2030 yillarda cho‘llanishga qarshi kurashish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Jumladan, 1,27 million gektarda o‘rmon barpo etish va qayta tiklash rejalashtirilmoqda.Hududlar kesimida bir qator loyihalar amalga oshirilishi mumkin:Qoraqalpog‘istonda cho‘l o‘simliklari ko‘chatxonalarini tashkil etish, Orolning qurigan tubida ilmiy ekspeditsiyalar o‘tkazish va galofit bog‘lar tarmog‘ini kengaytirish taklif etildi.Bobotog‘ hududida esa zamonaviy usullar asosida pista plantatsiyalarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.Taqdimotda qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar va urug‘lar bo‘yicha mintaqaviy bank yaratish, xalqaro fondlar hamda xususiy investitsiyalarni jalb etish masalalari ham muhokama qilindi.Cho‘llanish va yer degradatsiyasiga qarshi kurashishda yagona mintaqaviy yondashuv, ilmiy hamkorlik, ma’lumot almashish va texnologiyalar transferi muhimligi ta’kidlandi.Shuningdek, “Yashil qalqon” mintaqaviy dasturi doirasida amaliy loyihalarni ko‘paytirish va 2040-yilgacha cho‘llanishga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish tashabbuslari ilgari surildi.Prezident takliflarni ma’qullab, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260501/ekologiya-57258702.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/06/58863124_0:0:1688:1266_1920x0_80_0_0_83ccd93f5429e22ae25d0a9ce8bab869.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, ekologiya , davlat ekologiya qo‘mitasi , o‘rmon, orol dengizi, markaziy osiyo, iqlim o‘zgarishi, jamiyat
shavkat mirziyoyev, ekologiya , davlat ekologiya qo‘mitasi , o‘rmon, orol dengizi, markaziy osiyo, iqlim o‘zgarishi, jamiyat
Cho‘llanishga qarshi qanday choralar rejalashtirilmoqda — prezident taqdimot bilan tanishdi
O‘zbekiston rahbariga cho‘llanishga qarshi kurashish, cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish va hududlarda yashil qoplamalar yaratish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev cho‘llanishga qarshi kurashish va cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda 2026–2030 yillarda cho‘llanishga qarshi kurashish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Jumladan, 1,27 million gektarda o‘rmon barpo etish va qayta tiklash rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, cho‘l, tog‘ va tog‘oldi hududlarda 16 ming gektar himoya o‘rmonzorlari yaratish taklif qilindi.
Hududlar kesimida bir qator loyihalar amalga oshirilishi mumkin:
Surxondaryo viloyatida 10 ming gektar maydonda yashil qoplamalar tashkil etish;
Sirdaryo viloyatining chegaradosh hududlarida 84 kilometrlik “yashil devor” barpo qilish;
tog‘ va tog‘oldi hududlarida “terrasa” usulida daraxt va butalar ekish;
degradatsiyaga uchragan yerlarda zamonaviy agrotexnologiyalarni sinovdan o‘tkazish.
Qoraqalpog‘istonda cho‘l o‘simliklari ko‘chatxonalarini tashkil etish, Orolning qurigan tubida ilmiy ekspeditsiyalar o‘tkazish va galofit bog‘lar tarmog‘ini kengaytirish taklif etildi.
Bobotog‘ hududida esa zamonaviy usullar asosida pista plantatsiyalarini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Taqdimotda qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar va urug‘lar bo‘yicha mintaqaviy bank yaratish, xalqaro fondlar hamda xususiy investitsiyalarni jalb etish masalalari ham muhokama qilindi.
Cho‘llanish va yer degradatsiyasiga qarshi kurashishda yagona mintaqaviy yondashuv, ilmiy hamkorlik, ma’lumot almashish va texnologiyalar transferi muhimligi ta’kidlandi.
Shu maqsadda cho‘llanishga qarshi kurashish va cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini kengaytirish taklif qilindi.
Shuningdek, “Yashil qalqon” mintaqaviy dasturi doirasida amaliy loyihalarni ko‘paytirish va 2040-yilgacha cho‘llanishga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish tashabbuslari ilgari surildi.
Prezident takliflarni ma’qullab, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.