https://oz.sputniknews.uz/20260818/uzbekistan-tugilish-59774366.html
O‘zbekistonda tug‘ilish uch yildan beri pasaymoqda, "yetmishvoy" otalar esa yana ko‘paydi
O‘zbekistonda tug‘ilish uch yildan beri pasaymoqda, "yetmishvoy" otalar esa yana ko‘paydi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yanvar–iyun oylarida tug‘ilish ketma-ket uchinchi yil kamaydi. Shu davrda 29 nafar erkak 70 yoshdan keyin ota bo‘ldi. Sputnik so‘nggi yillar va 1979-yilgi aholi ro‘yxati raqamlarini solishtirdi.
2026-08-18T13:01+0500
2026-08-18T13:01+0500
2026-08-18T13:09+0500
yangi tug‘ilgan chaqaloq
milliy statistika qo‘mitasi
o‘zbekiston
jamiyat
aholini ro‘yxatga olish
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1b/45860850_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_4b2b0f58a98dbb63420298828c418dfa.jpg
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 2023-yildagi yuqori ko‘rsatkichdan keyin ketma-ket uchinchi yil kamaymoqda.Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyunida 373,4 ming nafar chaqaloq tug‘ildi. Birinchi yarim yilliklar bo‘yicha dinamika quyidagicha:– 2023-yil — 434,6 ming;– 2024-yil — 419,9 ming;– 2025-yil — 405,5 ming;– 2026-yil — 373,4 ming.Shunday qilib, 2023-yildan buyon tug‘ilishlar soni 61,2 mingtaga yoki 14 foizdan ziyod kamaygan. Faqat so‘nggi bir yilda pasayish 32,1 mingtani tashkil etdi.Joriy yilda tug‘ilgan bolalarning otalari yoshi bo‘yicha:– 25 yoshgacha — 34 526 nafar;– 25–39 yosh — 309 182 nafar;– 40–59 yosh — 29 403 nafar;– 60 yosh va undan katta — 278 nafar;– shundan 70 yosh va undan katta — 29 nafar.Demak, birinchi yarim yillikda taxminan har 12,9 mingta tug‘ilishdan bittasida ota 70 yoshdan oshgan."Yetmishvoy" otalar bo‘yicha so‘nggi uch yilning birinchi yarmida ko‘rsatkich bir tekis o‘zgarmagan:– 2024-yil — 34 nafar;– 2025-yil — 17 nafar;– 2026-yil — 29 nafar.Avval oilalar qanchalik katta edi?1979 yilgi aholi ro‘yxatida O‘zbekiston SSRda 70 yosh va undan katta 315 251 nafar ayol qayd etilgan. Farzandlari sonini ko‘rsatganlar orasida qariyb 93,5 foizi kamida bir marta ona bo‘lgan, ularga o‘rtacha 4,34 nafardan farzand to‘g‘ri kelgan.Hozir O‘zbekistonda yig‘indi tug‘ilish koeffitsiyenti pastroq: 2023-yilda bir ayolga 3,487 nafar, 2024-yilda 3,382 nafar, 2025-yilda esa 3,229 nafar bola to‘g‘ri kelgan.Bu ko‘rsatkichni 1979-yilgi keksa ayollarning butun hayoti davomida tug‘gan farzandlari soni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tenglashtirib bo‘lmaydi, ammo oila hajmi qanday o‘zgarganini ko‘rsatuvchi qiziq tarixiy fon beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20250101/ozbekiston-yangi-yilning-ilk-kuni-chaqaloq-47413421.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1b/45860850_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_b22804d0f61bcc7be234553dda49bb27.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi tug‘ilgan chaqaloq, milliy statistika qo‘mitasi , o‘zbekiston, jamiyat, aholini ro‘yxatga olish
yangi tug‘ilgan chaqaloq, milliy statistika qo‘mitasi , o‘zbekiston, jamiyat, aholini ro‘yxatga olish
O‘zbekistonda tug‘ilish uch yildan beri pasaymoqda, "yetmishvoy" otalar esa yana ko‘paydi
13:01 18.08.2026 (yangilandi: 13:09 18.08.2026) Birinchi yarim yillikda tug‘ilishlar soni 2023-yildan buyon 14 foizdan ziyod kamaydi.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. O‘zbekistonda tug‘ilishlar soni 2023-yildagi yuqori ko‘rsatkichdan keyin ketma-ket uchinchi yil kamaymoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga
ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyunida 373,4 ming nafar chaqaloq tug‘ildi. Birinchi yarim yilliklar bo‘yicha dinamika quyidagicha:
– 2023-yil — 434,6 ming;
– 2024-yil — 419,9 ming;
– 2025-yil — 405,5 ming;
– 2026-yil — 373,4 ming.
Shunday qilib, 2023-yildan buyon tug‘ilishlar soni 61,2 mingtaga yoki 14 foizdan ziyod kamaygan. Faqat so‘nggi bir yilda pasayish 32,1 mingtani tashkil etdi.
Joriy yilda tug‘ilgan bolalarning otalari yoshi bo‘yicha:
– 25 yoshgacha — 34 526 nafar;
– 25–39 yosh — 309 182 nafar;
– 40–59 yosh — 29 403 nafar;
– 60 yosh va undan katta — 278 nafar;
– shundan 70 yosh va undan katta — 29 nafar.
Demak, birinchi yarim yillikda taxminan har 12,9 mingta tug‘ilishdan bittasida ota 70 yoshdan oshgan.
"Yetmishvoy" otalar bo‘yicha so‘nggi uch yilning birinchi yarmida ko‘rsatkich bir tekis o‘zgarmagan:
– 2024-yil — 34 nafar;
– 2025-yil — 17 nafar;
– 2026-yil — 29 nafar.
Avval oilalar qanchalik katta edi?
1979 yilgi aholi ro‘yxatida O‘zbekiston SSRda 70 yosh va undan katta 315 251 nafar ayol qayd etilgan. Farzandlari sonini ko‘rsatganlar orasida qariyb 93,5 foizi kamida bir marta ona bo‘lgan, ularga o‘rtacha 4,34 nafardan farzand
to‘g‘ri kelgan.
Hozir O‘zbekistonda yig‘indi tug‘ilish koeffitsiyenti pastroq: 2023-yilda bir ayolga 3,487 nafar, 2024-yilda 3,382 nafar, 2025-yilda esa 3,229 nafar bola
to‘g‘ri kelgan.
Bu ko‘rsatkichni 1979-yilgi keksa ayollarning butun hayoti davomida tug‘gan farzandlari soni bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tenglashtirib bo‘lmaydi, ammo oila hajmi qanday o‘zgarganini ko‘rsatuvchi qiziq tarixiy fon beradi.