O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?

© Ministerstvo zdravooxraneniyaSkolko malishey rodilos v Uzbekistane v perviy den novogo goda?
Skolko malishey rodilos v Uzbekistane v perviy den novogo goda? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2025
Obuna bo‘lish
Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida qayd etildi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. 2025-yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1040 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ularning 492 nafari o‘g‘il, 548 nafari qiz. Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (154 nafar) qayd etildi.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:
Qashqadaryo viloyati (119 nafar),
Toshkent shahri (112 nafar),
Samarqand viloyati (101 nafar),
Surxondaryo viloyati (89 nafar) band etdi.
Eng kam tug‘ilish esa Navoiy viloyati (18 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Tug‘ilganlar orasida 7 egizak (jami 15 nafar bola) bor, ya’ni 12 nafari ikki homilalik, 3 nafari esa uch homilalik egizak.
Ta’kidlanishicha, bayram kunlari respublika bo‘ylab 6192 nafar akusher-ginekolog, neonatolog, doya hamda hamshiralar navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020-yilning shu davrida jami 1111 nafar, 2021-yilda — 1086 nafar, 2022-yilda — 1448 nafar, 2023-yilda — 1312 nafar, 2024-yilda — 1043 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.
Novorojdenniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2024
O‘zbekistonda yangi yilning ilk kunida nechta chaqaloq dunyoga keldi?
Yangiliklar lentasi
0