https://oz.sputniknews.uz/20260713/abiturient-kirish-testlar-59009945.html
Abituriyentlar diqqatiga: kirish testlari 14-iyuldan boshlanadi
Abituriyentlar diqqatiga: kirish testlari 14-iyuldan boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2026/2027 o‘quv yili uchun kirish testlari 14–23 iyul kunlari ikki smenada o‘tkaziladi. Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" my.uzbmb.uz sayti orqali taqdim etilmoqda. Talabgorlar ruxsatnomani shaxsiy kabinetidan yuklab olib, chop etib qo‘yishi zarur.
2026-07-13T16:31+0500
2026-07-13T16:31+0500
2026-07-13T16:31+0500
ta’lim
otm
oliy ta’lim muassasalari
imtihon
abituriyent
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/02/37490071_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_2882b9e5aa03e4172b54c1319c70cd77.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. 2026/2027 o‘quv yilida davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar o‘tkaziladi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Test sinovlari 10 kun davomida har kuni ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena esa soat 15:00 da boshlanadi.Abituriyentlar test boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin ruxsatnomada ko‘rsatilgan hududga yetib kelishi lozim. Demak, birinchi smenadagilar soat 06:30 gacha, ikkinchi smenadagilar esa soat 13:30 gacha belgilangan joyda bo‘lishi kerak.Abituriyent ruxsatnomada ko‘rsatilgan bino, sana va smenada test sinovida ishtirok etadi. Boshqa hudud, kun yoki smenada imtihon topshirishga ruxsat berilmaydi.Test sinoviga kirish uchun pasport yoki ID-kartaning asli hamda "Abituriyent ruxsatnomasi" talab etiladi.Pasport nusxasi yoki boshqa hujjat bilan kelgan, shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260710/ikkinchi-mutaxassislik-58954699.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/08/02/37490071_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_16a5f0cdc6dc7bc5c6788f6c04bf7398.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ta’lim, otm, oliy ta’lim muassasalari, imtihon, abituriyent, jamiyat
ta’lim, otm, oliy ta’lim muassasalari, imtihon, abituriyent, jamiyat
Abituriyentlar diqqatiga: kirish testlari 14-iyuldan boshlanadi
Sinovlarda 664 mingdan ortiq abituriyent ishtirok etadi. Ular pasport asli va chop etilgan ruxsatnoma bilan test hududiga kamida 1,5 soat oldin kelishi kerak.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. 2026/2027 o‘quv yilida davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar o‘tkaziladi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Test sinovlari 10 kun davomida har kuni ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smena soat 08:00 da, ikkinchi smena esa soat 15:00 da boshlanadi.
Abituriyentlar test boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin ruxsatnomada ko‘rsatilgan hududga yetib kelishi lozim. Demak, birinchi smenadagilar soat 06:30 gacha, ikkinchi smenadagilar esa soat 13:30 gacha belgilangan joyda bo‘lishi kerak.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga "Abituriyent ruxsatnomasi" my.uzbmb.uz sayti orqali taqdim etilmoqda. Talabgorlar ruxsatnomani shaxsiy kabinetidan yuklab olib, chop etib qo‘yishi zarur.
Abituriyent ruxsatnomada ko‘rsatilgan bino, sana va smenada test sinovida ishtirok etadi. Boshqa hudud, kun yoki smenada imtihon topshirishga ruxsat berilmaydi.
Test sinoviga kirish uchun pasport yoki ID-kartaning asli hamda "Abituriyent ruxsatnomasi" talab etiladi.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjat bilan kelgan, shuningdek, belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi.