So‘rovnomada tadbirkorlar qaysi muammolardan arz qildi — prezidentga axborot berildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode podgotovki k otkritomu dialogu s predprinimatelyami
Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o xode podgotovki k otkritomu dialogu s predprinimatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2026
Obuna bo‘lish
5 mingdan ortiq tadbirkor kredit qimmatligi, energiya uzilishlari, xarajatlar o‘sishi va burokratiyani asosiy to‘siqlar sifatida ko‘rsatdi.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekistonda tadbirkorlar kredit qimmatligi, energiya ta’minotidagi uzilishlar, xarajatlar oshishi va majburiy ijrodagi burokratiyani asosiy muammolar qatorida ko‘rsatdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan oltinchi ochiq muloqotga tayyorgarlik doirasida axborot berildi.
Respublika bo‘yicha 5 072 nafar tadbirkor o‘rtasida so‘rov o‘tkazilgan. Ularning 93 foizi mahalliy xususiy korxonalar vakillari.
So‘rovda qatnashgan korxonalarning 53 foizida mahsulot va xizmatlar tannarxi oshgan, 38 foizi esa uni pasaytirish uchun chora ko‘rmagan. Asosiy sabablar — xomashyo, energiya va logistika xarajatlarining ko‘payishi.
Biznes uchun moliya ham asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. Korxonalarning 40 foizi oxirgi bir yilda investitsiya kiritmagan, 29 foizida esa kelgusi yil uchun ham bunday reja yo‘q.
Tadbirkorlar kredit foizlarining yuqoriligi, garovning past baholanishi, hujjatlar ko‘pligi va kredit ajratish muddatlarini muammo sifatida qayd etgan.
Korxonalarning 51 foizida yangi mahsulot, xizmat yoki innovatsiya joriy etilmagan, modernizatsiya ham amalga oshirilmagan. 43 foiz energiya tejash choralarini ko‘rmagan, 49 foiz qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanmaydi.
Elektr va gaz ta’minotida tez-tez uzilishlar, past kuchlanish va bosim, limit hamda tariflar ham biznesni qiynayotgan masalalar qatorida.
Shuningdek, tadbirkorlarning 73 foizi majburiy ijrodagi burokratik jarayonlar biznesga salbiy ta’sir qilayotganini bildirgan. Eksportchilar esa xorijiy mijoz topish, sertifikatlash, logistika, bojxona va marketingdagi qiyinchiliklarni ko‘rsatgan.
Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva s predprinimatelyami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda e’lon qilingan eng muhim yangiliklar
Yangiliklar lentasi
0