https://oz.sputniknews.uz/20260817/mirziyoev-khorazm-tashrif-59760594.html
Mirziyoyev Xorazmga tashrif buyurdi — viloyatda nimalar o‘zgaradi
Mirziyoyev Xorazmga tashrif buyurdi — viloyatda nimalar o‘zgaradi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Xorazmga tashrifi davomida aeroport, transport, kasbiy ta’lim va sanoat loyihalari bilan tanishdi. Ular hududda turizm va ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan.
2026-08-17T17:14+0500
2026-08-17T17:14+0500
2026-08-17T17:14+0500
xorazm viloyati
shavkat mirziyoyev
iqtisod
temir yo‘l
xiva
urganch
aeroport
tashrif
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/11/59757834_0:99:1900:1168_1920x0_80_0_0_01119913a07e3bc6bb2d2d47ee6cb938.jpg
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi Urganch xalqaro aeroportidagi yirik rekonstruksiya loyihasi bilan tanishishdan boshlandi. Keyin davlat rahbari yangi ishlab chiqarish korxonasi, kasbiy ta’lim majmuasi va transport infratuzilmasi obyektlarini ko‘zdan kechirdi.Urganch aeroportini modernizatsiya qilishga 264 mln dollar yo‘naltirilgan. Loyiha yakunlangach, uning quvvati soatiga 300 nafardan 1 300 nafar yo‘lovchigacha oshadi. Tashrifning navbatdagi manzillaridan biri Urganch tumanidagi “Tillo domor” korxonasi bo‘ldi. 11 mln dollarlik majmua yiliga qariyb 100 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 70 dan ortiq turdagi sut mahsuloti tayyorlanmoqda, 120 kishi ish bilan ta’minlangan. Prezident Urganch shahridagi Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasida ham bo‘ldi. 72,4 mlrd so‘mga barpo etilgan texnikum 1 100 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Janubiy Koreya dasturlari asosida 11 yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Viloyatdagi boshqa ta’lim muassasalarining qariyb 4 300 nafar o‘quvchisi ham shu yerda amaliyot o‘taydi.Xorazmda sayyohlar harakatini yengillashtirish uchun transport bog‘liqligi ham kuchaytirilmoqda. Urganch xalqaro aeroportini temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘lash, Urganch–Xiva yo‘nalishida jamoat transportini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu tariqa, tashrifda asosiy e’tibor Xorazmga ko‘proq sayyoh jalb qilish, ular uchun transportni qulaylashtirish, shu bilan birga hududda kadrlar tayyorlash va qayta ishlash sanoatini kengaytirishga qaratilgan loyihalarga qaratildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260304/khwarazm-rivojlantirish-vazifalar-56083836.html
xorazm viloyati
xiva
urganch
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/11/59757834_106:0:1794:1266_1920x0_80_0_0_a324c56b9e99be2425decd6fab5f2e83.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xorazm viloyati, shavkat mirziyoyev, iqtisod, temir yo‘l, xiva, urganch, aeroport, tashrif
xorazm viloyati, shavkat mirziyoyev, iqtisod, temir yo‘l, xiva, urganch, aeroport, tashrif
Mirziyoyev Xorazmga tashrif buyurdi — viloyatda nimalar o‘zgaradi
Prezidentning Xorazmga tashrifida aeroportni modernizatsiya qilish, transportni rivojlantirish, yangi kadrlar tayyorlash va ishlab chiqarishni kengaytirish loyihalari taqdim etildi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi Urganch xalqaro aeroportidagi yirik rekonstruksiya loyihasi bilan tanishishdan
boshlandi. Keyin davlat rahbari yangi ishlab chiqarish korxonasi, kasbiy ta’lim majmuasi va transport infratuzilmasi obyektlarini ko‘zdan kechirdi.
Urganch aeroportini modernizatsiya qilishga 264 mln dollar yo‘naltirilgan. Loyiha yakunlangach, uning quvvati soatiga 300 nafardan 1 300 nafar yo‘lovchigacha oshadi.
Boeing 747 va Airbus A350 kabi yirik samolyotlarni qabul qilish, Xorazmga uzoq masofali to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish imkoni paydo bo‘ladi. 18 ta samolyot turargohi, biznes-zal, Duty free, chegara va viza bo‘limlari ham tashkil etiladi.
Tashrifning navbatdagi manzillaridan biri Urganch tumanidagi “Tillo domor” korxonasi bo‘ldi. 11 mln dollarlik majmua yiliga qariyb 100 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 70 dan ortiq turdagi sut mahsuloti tayyorlanmoqda, 120 kishi ish bilan ta’minlangan.
Prezident Urganch shahridagi Xorazm ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va Kasblar shaharchasida ham bo‘ldi. 72,4 mlrd so‘mga barpo etilgan texnikum 1 100 o‘ringa mo‘ljallangan. Bu yerda Germaniya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Xitoy va Janubiy Koreya dasturlari asosida 11 yo‘nalish bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Viloyatdagi boshqa ta’lim muassasalarining qariyb 4 300 nafar o‘quvchisi ham shu yerda amaliyot o‘taydi.
Xorazmda sayyohlar harakatini yengillashtirish uchun transport bog‘liqligi ham kuchaytirilmoqda. Urganch xalqaro aeroportini temir yo‘l tarmog‘i bilan bog‘lash, Urganch–Xiva yo‘nalishida jamoat transportini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Aeroportni Xiva bilan bog‘laydigan qariyb 11 kilometrlik elektrlashtirilgan temir yo‘l loyihasi ham shu maqsadga xizmat qiladi.
Shu tariqa, tashrifda asosiy e’tibor Xorazmga ko‘proq sayyoh jalb qilish, ular uchun transportni qulaylashtirish, shu bilan birga hududda kadrlar tayyorlash va qayta ishlash sanoatini kengaytirishga qaratilgan loyihalarga qaratildi.