Guliston va Shirin shaharlari kengayishi mumkin — Qonunchilik palatasi loyihani ma’qulladi

© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa Zapreshayetsya privatizatsiya "botanicheskix sadov" i ix zemel
Zapreshayetsya privatizatsiya botanicheskix sadov i ix zemel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.08.2026
Obuna bo‘lish
Guliston shahriga 1,1 ming gektardan ziyod, Shirin shahriga esa qariyb 639 gektar yer maydoni qo‘shilishi nazarda tutilmoqda.
TOShKENT, 18 avg — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Sirdaryo viloyatidagi bir qator shahar va tumanlar chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ma’qulladi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Taklifga ko‘ra:
– Guliston tumanidan 527,23 gektar;
– Boyovut tumanidan 582 gektar yer Guliston shahri tarkibiga;
– Boyovut tumanidan yana 638,77 gektar yer Shirin shahri tarkibiga o‘tkaziladi.
Ta’kidlanishicha, Guliston va Shirin viloyatda aholi eng zich joylashgan hududlardan hisoblanadi.
Chegaralarni kengaytirish aholi zichligini kamaytirish, transport qatnovini yaxshilash va yangi yirik investitsiya loyihalarini joylashtirish imkonini berishi kutilmoqda.
Yangi hududlarda sanoat zonalari, texnoparklar va yuqori texnologiyali korxonalar tashkil etish, qurilish, xizmat ko‘rsatish va sanoat sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.
Chegaralarni o‘zgartirish masalasi avval mahalla fuqarolar yig‘inlari, tuman va shahar Kengashlari hamda Sirdaryo viloyati Kengashida muhokama qilingan. Hududlarning kartografik chizmalari va yangi chegaralar tavsifi ham ma’qullangan.
Vyezd v gorod Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2025
Senat Samarqand viloyati shahar va tumanlari chegaralarini o‘zgartirishni ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0