https://oz.sputniknews.uz/20250905/senat-samarkand-viloyat-shahar-chegara-ozgarish-51761876.html
Senat Samarqand viloyati shahar va tumanlari chegaralarini o‘zgartirishni ma’qulladi
Senat Samarqand viloyati shahar va tumanlari chegaralarini o‘zgartirishni ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi uchun yangi infratuzilma va turar joylar barpo etiladi
2025-09-05T16:02+0500
2025-09-05T16:02+0500
2025-09-05T16:02+0500
o‘zbekiston
chegara
o‘zgarishlar
nurobod tumani
o‘zbekiston oliy majlisi senati
jamiyat
samarqand viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/391/86/3918650_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_8f45ac853d8af0e155b5ce3059acb3b5.jpg
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari chegaralari o‘zgaradi. Tegishli qonun Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisida ma’qullandi.Bundan tashqari, Nurobod tumanidan Kattaqo‘rg‘on tumaniga yana 600 gektar yer maydoni o‘tkaziladi.Shuningdek, shaharda 50 gektar maydonda Urgut erkin sanoat zonasi filiali hamda 30 gektarda 3 ta kichik sanoat zonasi ochilishi rejalashtirilgani aytildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250729/samarqand-chegaralar-50912348.html
o‘zbekiston
nurobod tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/391/86/3918650_260:0:1385:844_1920x0_80_0_0_01c9acc44084a9e68e79757afac594af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand viloyati chegaralari, kattaqo‘rg‘on shahri, kattaqo‘rg‘on tumani, nurobod tumani, shahar va tuman chegaralari o‘zgarishi, yer maydoni kengayishi, infratuzilma obyektlari, turar joy komplekslari, sanoat zonasi, urgut erkin sanoat zonasi filiali, katta shahar toifasi
samarqand viloyati chegaralari, kattaqo‘rg‘on shahri, kattaqo‘rg‘on tumani, nurobod tumani, shahar va tuman chegaralari o‘zgarishi, yer maydoni kengayishi, infratuzilma obyektlari, turar joy komplekslari, sanoat zonasi, urgut erkin sanoat zonasi filiali, katta shahar toifasi
Senat Samarqand viloyati shahar va tumanlari chegaralarini o‘zgartirishni ma’qulladi
Ta’kidlanishicha, chegara o‘zgarishi Kattaqo‘rg‘on aholisi uchun qulay sharoitlar yaratishga, jumladan, yangi infratuzilma obyektlari hamda ko‘p qavatli turar joy komplekslari barpo etish imkonini beradi.
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahri, Kattaqo‘rg‘on va Nurobod tumanlari chegaralari o‘zgaradi. Tegishli qonun Oliy Majlis Senatining o‘ninchi yalpi majlisida
ma’qullandi.
Majlisda qayd etilishicha, hozirda Kattaqo‘rg‘on shahri yer maydoni 4362 gektarni tashkil qiladi. Aholi zichligi bir kvadrat kilometriga 9460 kishiga to‘g‘ri kelib, Samarqand viloyatida eng zich joylashgan hudud hisoblanadi. Shu bois Kattaqo‘rg‘on tumanidan shaharga 1945 gektar, Nurobod tumanidan esa 971 gektar yer maydoni, jami 2916 gektar o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, Nurobod tumanidan Kattaqo‘rg‘on tumaniga yana 600 gektar yer maydoni o‘tkaziladi.
Shuningdek, shaharda 50 gektar maydonda Urgut erkin sanoat zonasi filiali hamda 30 gektarda 3 ta kichik sanoat zonasi ochilishi rejalashtirilgani aytildi.