Prezident Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident provel soveshanie po rezultativnosti provodimix v Xorezmskoy oblasti reform
Prezident provel soveshanie po rezultativnosti provodimix v Xorezmskoy oblasti reform - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2026
Obuna bo‘lish
Xorazm viloyatini rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi. Turizm infratuzilmasini kengaytirish, sanoat loyihalarini amalga oshirish va investitsiyalarni oshirish rejalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda aholining 67 foizi qishloq joylarda yashashi qayd etilib, qishloqlarda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish orqali ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘tgan yili viloyatga 12,5 million turist kelgan. Biroq xizmatlar sifati va yangi marshrutlar tashkil etish ishlari yetarli emasligi qayd etildi. Shu munosabat bilan Xiva shahri va uning atrofida servis obyektlari barpo etish, Sulaymon qal’a majmuasini turistik obyekt sifatida rivojlantirish hamda Urganchdagi Shovot kanali bo‘yida dam olish va ko‘ngilochar maskanlar tashkil etish vazifasi qo‘yildi.
Sanoat sohasida Pitnak shahridagi avtomobil zavodi quvvatini oshirish va mahalliylashtirish darajasini 62 foizga yetkazish orqali mashinasozlik klasterini shakllantirish rejalashtirilgan. Shuningdek, Hazoraspda kimyo va oziq-ovqat, Shovotda mebelchilik va tekstil loyihalari amalga oshiriladi.
Viloyat infratuzilmasini rivojlantirish uchun 1,6 milliard dollar ajratilishi ma’lum qilindi. Joriy yilda 2 milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilish va 510 million dollar eksportga erishish vazifasi qo‘yildi.
O‘tgan yili Xorazmda kambag‘allik darajasi 11,9 foizdan 6,7 foizga tushgan. Yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkichni kamida 3 foizgacha qisqartirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 158 km kanalni rekonstruksiya qilish, 270 ta nasos agregatini modernizatsiya qilish, tadbirkorlik loyihalari uchun 81 mln dollar ajratish va O‘zbekiston–Turkmaniston chegaraoldi savdo zonasini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Prezidenti Uzbekistana i Turkmenistana zapustili zonu prigranichnoy torgovli  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2025
“Shovot–Toshhovuz” qo‘shma chegaraoldi savdo zonasi ishga tushdi
Yangiliklar lentasi
0