Slovakiya, Germaniya va Koreyada ish va’da qilib, pul olgan shaxslar ushlandi

© SputnikZakovanniy prestupnik v naruchniki
Zakovanniy prestupnik v naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.08.2026
Obuna bo‘lish
Slovakiya, Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar pul olayotgan vaqtda ushlandi.
TOShKENT, 17 avg — Sputnik. Davlat xavfsizlik xizmati (DXX), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va ichki ishlar organlari xodimlari xorijga ishga yuborishni va’da qilib pul olgan bir nechta shaxsni ushladi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrida muqaddam sudlangan shaxs Qashqadaryo viloyatida yashovchi 6 nafar fuqaroni Slovakiyaga ishga jo‘natish evaziga 145 mln so‘m talab qilgan. U 85 mln so‘mni olayotgan vaqtda ushlangan.
Yana bir holatda xorijga viza rasmiylashtirish bo‘yicha konsalting kompaniyasi rahbari fuqaroni Germaniyaga ishga jo‘natish uchun 4 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Zangiota tumanida esa bir ayol fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 5900 dollar olgan vaqtida ushlangan.
Barcha holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi — firibgarlik bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Tergov davom etmoqda.
Flag Respubliki Koreya v Seule. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishda korrupsiya: 12 ming dollargacha olingan, 90 $ mln yig‘ilgan
Yangiliklar lentasi
0