https://oz.sputniknews.uz/20260514/south-korea-ish-yuborish-korruptsiya-57559629.html
Koreyaga ishga yuborishda korrupsiya: 12 ming dollargacha olingan, 90 $ mln yig‘ilgan
Koreyaga ishga yuborishda korrupsiya: 12 ming dollargacha olingan, 90 $ mln yig‘ilgan
Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura huzuridagi departament Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion holat haqida ma’lumot berdi. Tergovga ko‘ra, fuqarolardan 7–12 ming dollardan pul olingan.
2026-05-14T11:58+0500
2026-05-14T11:58+0500
2026-05-14T12:10+0500
jinoyatchilik
o‘zbekiston
migratsiya agentligi
bosh prokuratura
firibgarlik
hodisalar
janubiy koreya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/04/46946211_0:148:3071:1875_1920x0_80_0_0_f36cf96e8f3c4cfec90199f2a8f09b1d.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonda fuqarolarni Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotiga ko‘ra, tergovga qadar tekshiruvda bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati aniqlangan. Dastlabki o‘rganishlarda 35 nafar fuqarodan jami 263,5 ming dollar noqonuniy olingani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.Tergovda ma’lum bo‘lishicha, Koreyaga ishga yuborish uchun fuqarolardan rasmiy to‘lovlardan tashqari 7 ming dollardan 12 ming dollargacha pul olingan. Departament xabarida bu yo‘l bilan qariyb 90 million dollar yig‘ilgani qayd etilgan.Hozirda Koreyaga ishga yuborilmagan 600 nafardan ziyod fuqarodan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Mablag‘larni undirish choralari ham ko‘rilmoqda.Xabarda ushbu holatlar bo‘yicha jami 45 million dollar olingani ma’lum qilingan.Departament mazkur holatdan jabr ko‘rgan fuqarolar va tadbirkorlardan 71-233-10-07 raqami orqali murojaat qilishni so‘radi.
https://oz.sputniknews.uz/20250826/south-korea-ish-masullar-ushlanish-51526791.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0c/04/46946211_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_4879d198ae32c2acf6bc802502c192bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jinoyatchilik, o‘zbekiston, migratsiya agentligi, bosh prokuratura, firibgarlik, hodisalar , janubiy koreya
jinoyatchilik, o‘zbekiston, migratsiya agentligi, bosh prokuratura, firibgarlik, hodisalar , janubiy koreya
Koreyaga ishga yuborishda korrupsiya: 12 ming dollargacha olingan, 90 $ mln yig‘ilgan
11:58 14.05.2026 (yangilandi: 12:10 14.05.2026) Koreyaga ishga yuborish uchun fuqarolardan 12 ming dollargacha pul olingani aytildi. Tergovda qariyb 90 million dollar yig‘ilgani ma’lum qilindi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonda fuqarolarni Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotiga
ko‘ra, tergovga qadar tekshiruvda bir guruh shaxslar, Tashqi mehnat migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati aniqlangan.
Ular Koreyaga mehnat muhojiri sifatida ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion sxema yaratgani aytilmoqda.
Dastlabki o‘rganishlarda 35 nafar fuqarodan jami 263,5 ming dollar noqonuniy olingani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergovda ma’lum bo‘lishicha, Koreyaga ishga yuborish uchun fuqarolardan rasmiy to‘lovlardan tashqari 7 ming dollardan 12 ming dollargacha pul olingan. Departament xabarida bu yo‘l bilan qariyb 90 million dollar yig‘ilgani qayd etilgan.
Hozirda Koreyaga ishga yuborilmagan 600 nafardan ziyod fuqarodan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda. Mablag‘larni undirish choralari ham ko‘rilmoqda.
Departament ma’lumotiga ko‘ra, guruh 230 nafar fuqaroni Koreyaga ishga yuborish evaziga 580 ming dollar olgan. Shuningdek, Koreyaga yuborilgan 1 000 nafar fuqarodan noqonuniy ravishda 5,6 million dollar olingani aytildi.
Xabarda ushbu holatlar bo‘yicha jami 45 million dollar olingani ma’lum qilingan.
Departament mazkur holatdan jabr ko‘rgan fuqarolar va tadbirkorlardan 71-233-10-07 raqami orqali murojaat qilishni so‘radi.