Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya FXX: ikki harbiy aerodromga terakt uyushtirishga bo‘lgan urinishning oldi olindi

© Sputnik / Dmitriy MakeyevBoysi spesnaza FSB (arxivnoe foto)
Boysi spesnaza FSB (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2026
Obuna bo‘lish
FXX ma’lumotiga ko‘ra, maxsus xizmat hujumga tayyorgarlik haqida oldindan xabar topgan va dronlarni tashish hamda yig‘ish jarayonini tezkor nazorat ostida kuzatib borgan.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Amur viloyatidagi "Ukrainka" va Chelyabinsk viloyatidagi "Shagol" harbiy aerodromlariga FPV-dronlar yordamida rejalashtirilgan keng ko‘lamli hujumning oldi olinganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti FXX xabariga tayangan holda xabar berdi.
FXX ushbu hujumga tayyorgarlik ortida Ukraina maxsus xizmatlari turganini bildirdi. Operatsiya davomida 24 ta FPV-dron musodara qilingan. Ular radioelektron kurash vositalari ta’siriga chidamli neyron tarmoqli boshqaruv modullari bilan jihozlangan.

Modullar Britaniya, AQSh, Kanada va Shvetsiyada ishlab chiqarilgan.

Har bir dronga bir kilogrammdan ortiq portlovchi moddani o‘z ichiga olgan jangovar qism o‘rnatilgan. Hujumni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rgan shaxslar va ularga yordam berganlar qo‘lga olingan.
Dronlar joylangan konteynerlar dastlab uchuvchisiz apparatlar va aerostatlar yordamida Bransk viloyatiga yetkazilgan. Keyin ular maishiy texnika yuklangan yengil avtomobillarda, tagi ikki qatlamli tirkamalarga yashirilgan holda Amur va Chelyabinsk viloyatlariga olib borilgan.
"Ukrainka" va "Shagol" aerodromlari yaqinida ijaraga olingan garajlarda dronlar yig‘ilib, foydalanishga tayyorlangan.
Qo‘lga olingan shaxslardan aloqa vositalari va dronlarni turli kanallar orqali boshqarishga mo‘ljallangan ikkita mobil stansiya ham musodara qilingan.

Rossiya FXX ma’lumotiga ko‘ra, har bir stansiyada 250 grammdan portlovchi modda va o‘zini yo‘q qilish qurilmasi bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, maxsus xizmatlar hujumga tayyorgarlik haqida oldindan xabar topgan. Shundan so‘ng dronlarni tashish va yig‘ish jarayoni nazoratga olinib, unga aloqador shaxslarning harakatlari hujjatlashtirilgan.
FSB RF zaderjala podozrevayemogo v gosizmene v Xabarovskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Ishqiy munosabatlar” orqali yollangan ayol: Rossiya FXX Moskvada teraktning oldini oldi
Yangiliklar lentasi
0