https://oz.sputniknews.uz/20260816/uzbekiston-tennischilar-chempion-59732262.html
Farg‘onadagi J100 turnirida o‘zbekistonlik tennischilar juftlikda chempion bo‘ldi
Farg‘onadagi J100 turnirida o‘zbekistonlik tennischilar juftlikda chempion bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik tennischilar Farg‘onadagi J100 turniri juftlik bahslarida bir oltin va bir kumush natija qayd etdi. 16.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-16T11:19+0500
2026-08-16T11:19+0500
2026-08-16T11:26+0500
tennis
o‘zbekiston
sport
musobaqa
farg‘ona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/10/59732439_0:161:1280:881_1920x0_80_0_0_f3c26aaabf943693c3cb4f3784ba47b1.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Farg‘onada o‘tkazilgan World Tennis Tour Juniors J100 — Fergana Open xalqaro turnirida juftlik bahslari yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.Musobaqa 10–15 avgust kunlari ochiq havodagi qattiq qoplamali kortlarda o‘tkazildi.Qizlar o‘rtasida O‘zbekiston vakillari Nigina Alimova va Shahzoda Artikbayeva chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ular finalda isroillik Margarita Aktuganova va neytral maqomda ishtirok etgan Leyla Shaxmuradova juftligini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.J100 — 18 yoshgacha bo‘lgan tennischilar uchun World Tennis Tour Juniors tizimidagi xalqaro reyting turniri. O‘smirlar turi J500, J300, J200, J100, J60 va J30 kabi olti darajadagi musobaqalarni o‘z ichiga oladi. Farg‘ona turnirida yakkalik asosiy to‘ri 32 nafar, juftlik bahslari esa 16 ta juftdan tashkil topdi. Shuningdek, Mahmudbek Beknazarov yakkalik bahslarida ham finalga chiqib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260803/rahimova-uilyam-maglub-59455485.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/10/59732439_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_3a09c300c2dfadc354300b728d7517af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tennis, o‘zbekiston, sport, musobaqa, farg‘ona
tennis, o‘zbekiston, sport, musobaqa, farg‘ona
Farg‘onadagi J100 turnirida o‘zbekistonlik tennischilar juftlikda chempion bo‘ldi
11:19 16.08.2026 (yangilandi: 11:26 16.08.2026) O‘zbekistonlik tennischilar Farg‘onadagi J100 turniri juftlik bahslarida bir oltin va bir kumush natija qayd etdi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Farg‘onada o‘tkazilgan World Tennis Tour Juniors J100 — Fergana Open xalqaro turnirida juftlik bahslari yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Musobaqa 10–15 avgust kunlari ochiq havodagi qattiq qoplamali kortlarda o‘tkazildi.
Qizlar o‘rtasida O‘zbekiston vakillari Nigina Alimova va Shahzoda Artikbayeva chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ular finalda isroillik Margarita Aktuganova va neytral maqomda ishtirok etgan Leyla Shaxmuradova juftligini 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
O‘g‘il bolalar bahsida Mahmudbek Beknazarov va Ahmadjon Toshmuhamedov finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi uchrashuvda ular Yaponiya vakillari Koday Abe va Sota Kagavaga 4:6, 6:4, 6:10 hisobida imkoniyatni boy berdi va ikkinchi o‘rinni egalladi.
J100 — 18 yoshgacha bo‘lgan tennischilar uchun World Tennis Tour Juniors tizimidagi xalqaro reyting turniri. O‘smirlar turi J500, J300, J200, J100, J60 va J30 kabi olti darajadagi musobaqalarni o‘z ichiga oladi.
Farg‘ona turnirida yakkalik asosiy to‘ri 32 nafar, juftlik bahslari esa 16 ta juftdan tashkil topdi. Shuningdek, Mahmudbek Beknazarov yakkalik bahslarida ham finalga chiqib, ikkinchi o‘rinni egalladi.