https://oz.sputniknews.uz/20260816/shahrisabz-jahon-hunarmandchilik-shahar-59737800.html
Shahrisabz kashtachilik bo‘yicha jahon hunarmandchilik shahri deb tan olindi
Shahrisabz kashtachilik bo‘yicha jahon hunarmandchilik shahri deb tan olindi
Sputnik O‘zbekiston
Shahrisabz kashtachilik yo‘nalishida "Jahon hunarmandchilik shahri" maqomini oldi. U O‘zbekistondan ushbu xalqaro ro‘yxatga kirgan oltinchi shahar bo‘ldi.
2026-08-16T18:44+0500
2026-08-16T18:44+0500
2026-08-16T18:44+0500
hunarmandlar
festival
o‘zbekiston
turizm
turizm qo‘mitasi
buxoro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/10/59737635_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_6818dfa7a811089af8b8aa7d1daacccd.jpg
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Shahrisabz shahri 2026-yilda kashtachilik yo‘nalishida "Jahon hunarmandchilik shahri" maqomiga sazovor bo‘ldi, deb xabar qildi Turizm qo‘mitasi.Bu haqda Shahrisabzda o‘tkazilgan "Iroqi" xalqaro kashtachilik festivalining yakuniy marosimida Butunjahon hunarmandlar kengashi AISBL prezidenti Sa’ad Al-Qaddumi rasman e’lon qildi. Maqomni tasdiqlovchi xalqaro sertifikat shahar hokimi Sherzod Bo‘riyevga topshirildi.Shahrisabz iroqi kashtachilik maktabi yorqin ranglari, o‘ziga xos tikish uslubi va naqshlari bilan ajralib turadi. Unda bodomsimon gullar, "chor chiroq", "chayannusxa", "oftobparaz" va boshqa an’anaviy naqshlar keng qo‘llaniladi. Ayrim hunarmand oilalarda bu san’at bir necha avloddan beri davom ettirib kelinmoqda.13–15 avgust kunlari o‘tkazilgan "Iroqi" festivalida O‘zbekistonning turli hududlari va qo‘shni davlatlardan kashtachilar ishtirok etdi. Dasturdan ko‘rgazmalar, mahorat darslari va hunarmandlarning tajriba almashuvi o‘rin oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260516/buxoroda-xalqaro-zargarlik-va-zarduzlik-festivali-bolib-otmoqda-57628885.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/10/59737635_74:0:1211:853_1920x0_80_0_0_3e585342f67c91035e6dabfb010186d1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hunarmandlar, festival, o‘zbekiston, turizm, turizm qo‘mitasi, buxoro
hunarmandlar, festival, o‘zbekiston, turizm, turizm qo‘mitasi, buxoro
Shahrisabz kashtachilik bo‘yicha jahon hunarmandchilik shahri deb tan olindi
Shahrisabz kashtachilik yo‘nalishida "Jahon hunarmandchilik shahri" maqomini oldi. Bunday xalqaro e’tirofga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston shaharlari soni oltitaga yetdi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Shahrisabz shahri 2026-yilda kashtachilik yo‘nalishida "Jahon hunarmandchilik shahri" maqomiga sazovor bo‘ldi, deb
xabar qildi Turizm qo‘mitasi.
Bu haqda Shahrisabzda o‘tkazilgan "Iroqi" xalqaro kashtachilik festivalining yakuniy marosimida Butunjahon hunarmandlar kengashi AISBL prezidenti Sa’ad Al-Qaddumi rasman e’lon qildi. Maqomni tasdiqlovchi xalqaro sertifikat shahar hokimi Sherzod Bo‘riyevga topshirildi.
Shu tariqa, Shahrisabz "Jahon hunarmandchilik shahri" maqomiga ega O‘zbekistondagi oltinchi shahar bo‘ldi. Avvalroq Qo‘qon yog‘och o‘ymakorligi, Marg‘ilon ipak va ikat, Rishton kulolchilik, Shahrixon pichoqchilik va do‘ppichilik yo‘nalishida mazkur ro‘yxatga kiritilgan. Buxoro ham "Jahon hunarmandchilik shahri" maqomiga ega.
Shahrisabz iroqi kashtachilik maktabi yorqin ranglari, o‘ziga xos tikish uslubi va naqshlari bilan ajralib turadi. Unda bodomsimon gullar, "chor chiroq", "chayannusxa", "oftobparaz" va boshqa an’anaviy naqshlar keng qo‘llaniladi. Ayrim hunarmand oilalarda bu san’at bir necha avloddan beri davom ettirib kelinmoqda.
13–15 avgust kunlari o‘tkazilgan "Iroqi" festivalida O‘zbekistonning turli hududlari va qo‘shni davlatlardan kashtachilar ishtirok etdi. Dasturdan ko‘rgazmalar, mahorat darslari va hunarmandlarning tajriba almashuvi o‘rin oldi.
Butunjahon hunarmandlar kengashi 1964-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilot bo‘lib, an’anaviy hunarmandchilikni saqlash va ustalarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi.