Buxoroda xalqaro zargarlik va zarduzlik festivali bo‘lib o‘tmoqda
Buxoroda xalqaro zargarlik va zarduzlik festivali bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Festivalda 38 davlatdan kelgan 120 nafardan ortiq xorijiy mehmonlar va 300dan ortiq mahalliy hunarmandlar ishtirok etmoqda. 16.05.2026, Sputnik O‘zbekiston
Buxoroda 15–17 may kunlari III Xalqaro zargarlik va zarduzlik san’ati festivali bo‘lib o‘tmoqda.Unda dunyoning turli mamlakatlaridan hunarmandlar, dizaynerlar, madaniyat tadqiqotchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Festivalda Afrika, Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va Tinch okeani mintaqasidagi 38 davlatdan 120 nafardan ortiq xorijiy mehmon, jumladan xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda. Shu bilan birga, 300 nafardan ziyod mahalliy hunarmand va ustalar o‘zlarining eng yaxshi ijod namunalarini taqdim etmoqda.Festivalning tantanali ochilish marosimi Ark qo‘rg‘onidan Nadir Devonbegi madrasasigacha bo‘lgan rang-barang parad-she’riy yurish bilan boshlandi. Mehmonlar uchun zarduzlik, zargarlik buyumlari va milliy hunarmandchilikning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazma-savdolar, xalq raqslari, folklor jamoalari chiqishlari hamda qo‘g‘irchoq teatrlari namoyishlari tashkil etildi.O‘zbekiston xalq ustasi, mashhur zarduz Baxshillo Jumayevning “Zarrin iplar musiqasi” nomli ijodiy ko‘rgazmasi festival mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ekspozitsiya zarduzlik san’atining nozik jihatlarini ochib berib, ustozning o‘ziga xos mualliflik uslublarini namoyon etmoqda.Festival doirasida O‘zbekistonning betakror hunarmandchilik merosiga bag‘ishlangan maxsus fotoko‘rgazma ham tashkil etildi. Tashrif buyuruvchilar oltin ip bilan tikish va zargarlik san’atiga bag‘ishlangan arxiv hamda zamonaviy fotosuratlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Bu yo‘nalishlar milliy amaliy san’atning eng nafis turlaridan biri hisoblanadi.Bugungi kunda hunarmandchilik sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida “Hunarmand” uyushmasi tizimida 26 mingdan ortiq usta va 119 mingdan ziyod shogird faoliyat yuritmoqda. Xususan, zargarlik sohasida 982 nafar usta va 1 565 nafar shogird mehnat qilayotgan bo‘lsa, zarduzlik san’atini 150 nafar usta va 538 nafar shogird rivojlantirmoqda.
Buxoroda III Xalqaro zargarlik va zarduzlik festivali
Festivalda Afrika, Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va Tinch okeani mintaqasidagi 38 davlatdan 120 nafardan ortiq xorijiy mehmon, jumladan xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda. Shu bilan birga, 300 nafardan ziyod mahalliy hunarmand va ustalar o‘zlarining eng yaxshi ijod namunalarini taqdim etmoqda.
“Buxoroda o‘tayotgan festival nafaqat hunarmandchilik san’ati bayrami, balki o‘zbek milliy mahorat an’analarini asrab-avaylash, targ‘ib qilish va kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qiladigan muhim xalqaro maydondir”, — dedi “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati rahbari Nilufar Xatamova Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.
Festivalning tantanali ochilish marosimi Ark qo‘rg‘onidan Nadir Devonbegi madrasasigacha bo‘lgan rang-barang parad-she’riy yurish bilan boshlandi. Mehmonlar uchun zarduzlik, zargarlik buyumlari va milliy hunarmandchilikning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazma-savdolar, xalq raqslari, folklor jamoalari chiqishlari hamda qo‘g‘irchoq teatrlari namoyishlari tashkil etildi.
O‘zbekiston xalq ustasi, mashhur zarduz Baxshillo Jumayevning “Zarrin iplar musiqasi” nomli ijodiy ko‘rgazmasi festival mehmonlarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ekspozitsiya zarduzlik san’atining nozik jihatlarini ochib berib, ustozning o‘ziga xos mualliflik uslublarini namoyon etmoqda.
Festival doirasida O‘zbekistonning betakror hunarmandchilik merosiga bag‘ishlangan maxsus fotoko‘rgazma ham tashkil etildi. Tashrif buyuruvchilar oltin ip bilan tikish va zargarlik san’atiga bag‘ishlangan arxiv hamda zamonaviy fotosuratlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Bu yo‘nalishlar milliy amaliy san’atning eng nafis turlaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda hunarmandchilik sohasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida “Hunarmand” uyushmasi tizimida 26 mingdan ortiq usta va 119 mingdan ziyod shogird faoliyat yuritmoqda. Xususan, zargarlik sohasida 982 nafar usta va 1 565 nafar shogird mehnat qilayotgan bo‘lsa, zarduzlik san’atini 150 nafar usta va 538 nafar shogird rivojlantirmoqda.