"Made in Namangan" Belarusga chiqdi: Minsk va Grodnoda savdo uylari ochildi

© IA "Dunyo"V Belarusi otkrili torgovie doma Namanganskoy oblasti
V Belarusi otkrili torgovie doma Namanganskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2026
Obuna bo‘lish
To‘qimachilik mahsulotlari Belarus bozorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotila boshladi. Keyingi bosqichda savdo uylari orqali quruq meva, sharbat va konserva mahsulotlari ham taklif etiladi
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Namangan viloyati tadbirkorlari Minsk va Grodno shaharlarida “Made in Namangan” brendi ostida savdo uylarini ishga tushirdi, deb xabar qildi “Dunyo” AA.
Ularda hozircha sochiq, xalat, trikotaj, bolalar, ayollar va erkaklar kiyimlari hamda choyshablar sotilmoqda. Yaqin vaqtda assortiment quruq mevalar, sharbatlar, konserva mahsulotlari va murabbolar bilan kengaytiriladi.
Minskdagi Namangan savdo uyi hamta’sischisi Hakimjon Fayzullayevga ko‘ra, kompaniya paxtani o‘zi yetishtirib, xomashodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan butun ishlab chiqarish zanjirini amalga oshiradi.
Bu Minskdagi birinchi o‘zbek savdo maydonchasi emas. 8-iyulda O‘zbekistonning umummilliy Savdo uyi ochilgan edi.U Savdo-sanoat palatalari tomonidan tashkil etilgan va unda elektrotexnika, uy tekstili hamda boshqa eksport mahsulotlari taqdim etilmoqda. Yangi “Made in Namangan” nuqtasi esa aynan Namangan tadbirkorlarining mahsulotlariga ixtisoslashgan.
Namanganning Belarusdagi savdo faolligi Grodno viloyati bilan hamkorlik kuchayayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi. 14-avgust kuni ikki viloyat savdo-iqtisodiy, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlik memorandumini imzoladi.
Tomonlar qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish va uchinchi mamlakatlar bozorlariga birgalikda chiqish imkoniyatlarini ham muhokama qildi.
Ploshad Pobedi v Minske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2026
Minskda qovun sayli va Namangan savdo uyi ochilishi: shahar hokimi bilan uchrashuv tafsilotlari
Yangiliklar lentasi
0