https://oz.sputniknews.uz/20260813/minsk-hokim-uchrashuv-59663863.html
Minskda qovun sayli va Namangan savdo uyi ochilishi: shahar hokimi bilan uchrashuv tafsilotlari
Minskda qovun sayli va Namangan savdo uyi ochilishi: shahar hokimi bilan uchrashuv tafsilotlari
Sputnik O‘zbekiston
Minskda avgust oxirida qovun festivali o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 13-avgustda Namangan viloyati savdo uyi ochiladi. Tomonlar sanoat, tibbiyot, ta’lim, turizm va aviaqatnovlarni kengaytirishni ham muhokama qildi.
2026-08-13T09:18+0500
2026-08-13T09:18+0500
2026-08-13T10:18+0500
iqtisod
belarus
savdo
turizm
ta’lim
qovun sayli
minsk
aviareys
o‘zbekiston
namangan viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1a/18930580_0:388:2730:1924_1920x0_80_0_0_199a4fcdb31f07f9e760d8eec322baa7.jpg
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Minskda avgust oxirida qovun saylini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Tadbirni tashkil etish masalasi Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi raisi Vladimir Kuxarev va O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nuriddin Mamajonov uchrashuvida muhokama qilindi.Shuningdek, 13-avgust kuni Minskda Namangan viloyatining savdo uyi ochilishi ma’lum qilindi. Mamajonovning ta’kidlashicha, bunday savdo maydonchalari O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni nafaqat respublika, balki hududlar darajasida ham rivojlantirishga xizmat qiladi.Kuxarev Belarus tomoni tibbiy asbob-uskunalar va texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, yog‘ochni qayta ishlash va mebel mahsulotlari sohasida ham imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.Tomonlar aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish masalasiga ham to‘xtaldi. Minsk rahbarining fikricha, bu turizmni rivojlantirish va biznes vakillari o‘rtasidagi aloqalarni tezlashtirishga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260812/samarkand-qashqadaryo-belarus-loyihalar-59636066.html
belarus
minsk
o‘zbekiston
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/1a/18930580_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_b6c3ca4d7b3614eba965110fc6b8ef9d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, belarus, savdo, turizm, ta’lim, qovun sayli, minsk, aviareys, o‘zbekiston, namangan viloyati
iqtisod, belarus, savdo, turizm, ta’lim, qovun sayli, minsk, aviareys, o‘zbekiston, namangan viloyati
Minskda qovun sayli va Namangan savdo uyi ochilishi: shahar hokimi bilan uchrashuv tafsilotlari
09:18 13.08.2026 (yangilandi: 10:18 13.08.2026) Bu masalalar O‘zbekiston elchisi va Minsk rahbariyati uchrashuvida muhokama qilindi.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Minskda avgust oxirida qovun saylini o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Tadbirni tashkil etish masalasi Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi raisi Vladimir Kuxarev va O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nuriddin Mamajonov uchrashuvida
muhokama qilindi.
Shuningdek, 13-avgust kuni Minskda Namangan viloyatining savdo uyi ochilishi ma’lum qilindi. Mamajonovning ta’kidlashicha, bunday savdo maydonchalari O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni nafaqat respublika, balki hududlar darajasida ham rivojlantirishga xizmat qiladi.
Uchrashuvda sanoat kooperatsiyasi, tibbiyot, ta’lim, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Kuxarev Belarus tomoni tibbiy asbob-uskunalar va texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, yog‘ochni qayta ishlash va mebel mahsulotlari sohasida ham imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.
Tomonlar aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish masalasiga ham to‘xtaldi. Minsk rahbarining fikricha, bu turizmni rivojlantirish va biznes vakillari o‘rtasidagi aloqalarni tezlashtirishga xizmat qiladi.