Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida yana keskinlik: Livanga zarbalarda 11 kishi halok bo‘ldi

© AP Photo / Mohammed ZaatariIzrail nanes udari po yugu Livana: pogibli 11 chelovek
Izrail nanes udari po yugu Livana: pogibli 11 chelovek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2026
Obuna bo‘lish
Livan janubida Isroil aviatsiyasi zarbalari oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi. Tel-Aviv hujumlarni “Hizbulloh”ning Isroil harbiylariga zarbasiga javob deb atadi.
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Isroil aviatsiyasining Livan janubiga bergan zarbalari oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, kamida 19 kishi yaralandi. Bu so‘nggi ikki oydagi nisbatan tinch davrdan keyingi eng yirik qurbonlarga olib kelgan hujumlardan biri bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ansar qishlog‘ida uyga berilgan zarbada yetti kishi, jumladan, uch bola va ikki ayol halok bo‘lgan. Deyr-ez-Zahranida yana to‘rt kishi qurbon bo‘ldi. Ansardagi uy to‘liq vayron bo‘lgan.
Isroil tomoni esa zarbalar “Hizbulloh” infratuzilmasiga qaratilganini bildirdi. Bundan avval harakatning portlovchi droni Livan janubidagi Isroil harbiylariga hujum qilib, uch nafar askarni og‘ir yaralagan.
Isroil armiyasi Ansarda “Radvan” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Ali Samir al-Hoj Hasan ham yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Tel-Avivga ko‘ra, halok bo‘lgan tinch aholi zarba nishoni bo‘lmagan.
Livan prezidenti Jozef Aun va bosh vazir Navaf Salam hujumlarni qoraladi. Aun zarbalar AQSh ishtirokida olib borilayotgan muzokaralar va ramkaviy kelishuv amalga oshirilishiga xavf tug‘dirayotganini aytdi.
Mojaro qanday boshlangan?
Livandagi hozirgi keskinlik 2-martda kuchaygan. “Hizbulloh” AQSh va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi va Eron oliy rahbari Ali Xomaneiy halok bo‘lganidan keyin Isroilga qarshi faol jangovar harakatlarni qayta boshladi. Bunga javoban Isroil Beyrut atrofi, Livan janubi va sharqiga keng ko‘lamli zarbalar berdi hamda janubdagi hududlarni egalladi.
19 iyunda Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Keyingi ramkaviy reja Isroil qo‘shinlarining bosqichma-bosqich chiqib ketishini “Hizbulloh”ning qurolsizlantirilishi va janub nazoratining Livan armiyasiga o‘tishi bilan bog‘laydi. “Hizbulloh” esa Isroil qo‘shinlari chiqib ketmasidan turib qurolsizlanishni muhokama qilishni rad etmoqda.
Livan rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2-martdan beri mamlakatdagi jangovar harakatlar oqibatida 4,3 mingdan ziyod kishi halok bo‘lgan.
Premyer-ministr Izrailya Binyamin Netanyaxu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2026
AQSh va Eron kelishuviga oz qolganda Isroil Livanga hujum e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0