AQSh va Eron kelishuviga oz qolganda Isroil Livanga hujum e’lon qildi

"Biz tinchlik kelishuviga har qachongidan ham yaqinlashdik. Shartnoma keyingi 24 soat ichida yakunlanishi kutilayotganini hisobga olsak, Pokiston darhol tinchlik kelishuvining elektron imzosini olishga, undan keyin esa kelasi hafta texnik darajadagi muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda", - deb yozdi Sharif “X” ijtimoiy tarmog‘ida.
"Xavfsizligingiz uchun darhol uylaringizni tark etib, Zahrani darosining shimoliga yo‘l olishingiz kerak. Ushbu ogohlantirish Deyr az-Zahrani, Numeiriya, Sharqiya, Douyeir, Harouf, Habbush, Kfar Juz, Zabdin, Nabatiya al-Tahta, Nabatiya al-Favqa, Kfar Rumman, Mahmudiya, Sajd, Rayhon, Armata, Kfarhouna, Mlih, Louayza, Jarjua va Arab Salim aholisiga tegishli", - deb yozgan Qurolli kuchlar vakili Avichai Adrai X tarmog‘ida.
Oldinroq AQShda joylashgan Axios nashri Netanyaxu AQSh prezidentining Eron bilan muzokaralar haqidagi bayonotidan hayratda qolgani haqida yozgan edi.
Shu sababli ham Vashingtonda ko‘pchillik Netanyaxu tinchlik kelishuviga to‘sqinlik qilishi mumkin, deb hisoblaydi.
