Tramp siyosati fonida Germaniyaning AQShga investitsiyalari uch yillik minimumga tushdi

© Sputnik / Igor ZaremboFlag Germanii
Flag Germanii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2026
Obuna bo‘lish
Germaniya kompaniyalarining AQShga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari birinchi yarim yillikda qariyb uch baravar kamaydi. Mutaxassislar buni Vashington savdo siyosati atrofidagi noaniqlik bilan bog‘lamoqda
TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Germaniya kompaniyalarining AQShga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari 2026-yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb uchdan ikki qismga qisqarib, 4,3 mlrd yevro (5 mlrd dollar)ni tashkil etdi.
Bu 2023-yildan beri eng past ko‘rsatkich, deb yozmoqda Reuters Germaniya iqtisodiyot instituti (IW) hisob-kitoblariga tayanib. 2024-yilning birinchi yarmi bilan solishtirganda pasayish qariyb 80 foizga yetgan.
Pandemiyagacha bo‘lgan besh yilda Germaniya kompaniyalari AQShga birinchi yarim yillikning o‘zida o‘rtacha 15,8 mlrd yevro sarflagan — bu hozirgi ko‘rsatkichdan qariyb to‘rt baravar ko‘p.
IW eksperti Samina Sultan pasayish Donald Trampning ikkinchi prezidentlik muddati boshlanganidan beri kuzatilayotganini ta’kidladi. Kompaniyalarni, avvalo, AQSh import bojlari va savdo siyosatidagi noaniqlik ehtiyotkor bo‘lishga majbur qilmoqda.
Shu bilan birga, AQShda allaqachon ishlayotgan nemis kompaniyalari u yerda olgan foydasini qayta investitsiya qilishda davom etmoqda. Asosiy pasayish yangi kapital qo‘yilmalarda kuzatilmoqda. Bu AQSh bozori jozibadorligini yo‘qotmagani, ammo biznes yangi yirik loyihalarni boshlashga shoshilmayotganini ko‘rsatadi.
Bu Germaniya iqtisodiyotining o‘zi ham qator muammolarga duch kelgan paytga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakat statistika idorasi Germaniya eksportiga Xitoy raqobati va AQSh bojlari bosim o‘tkazayotganini qayd etgan.
2022 yildan keyin Rossiyadan quvur orqali gaz yetkazib berish keskin qisqargach, Germaniya muqobil, jumladan, suyultirilgan gaz manbalariga o‘tdi. Yevropa energiya narxlari esa urushgacha bo‘lgan davrga nisbatan hali ham yuqori bo‘lib, ayniqsa energiyani ko‘p talab qiladigan sanoat tarmoqlarining raqobatbardoshligiga ta’sir qilmoqda.
Kansler Germanii Fridrix Mers. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2026
Rossiya gazi yo‘qligi sabab Germaniyada energetika inqirozi davom etmoqda — Mers
Yangiliklar lentasi
0