JB O‘zbekistonga 6,4 mlrd dollar investitsiya olib kelishi mumkin bo‘lgan 3 sohani ma’lum qildi

© Sputnik / StringerZdanie Vsemirnogo banka v Vashingtone
Zdanie Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
Obuna bo‘lish
Eng katta salohiyat turizm sohasida ko‘rilmoqda: islohotlar sohaga 3,1 mlrd dollardan 4,2 mlrd dollargacha xususiy investitsiya jalb qilishi mumkin.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston logistika, turizm va farmatsevtika sohalaridagi islohotlar orqali o‘rta muddatli istiqbolda 5,2 mlrd dollardan 6,4 mlrd dollargacha xususiy investitsiya jalb qilishi va 300 mingdan ortiq ish o‘rni yaratishi mumkin.
Bu haqda Jahon banki (JB) guruhi va Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan e’lon qilingan “O‘zbekiston xususiy sektori diagnostikasi” hisobotida ma’lum qilindi.
Mutaxassislar mazkur uch sohani xususiy kapital jalb qilish, ish o‘rinlari yaratish va qisqa muddatda islohotlarni amalga oshirish imkoniyati yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar sifatida tanlagan.
Eng katta salohiyat turizm sohasida ko‘rilmoqda. Jahon bankiga ko‘ra, yer ijarasi, kadrlar tayyorlash va turistik obyektlarni professional boshqarish bo‘yicha islohotlar sohaga 3,1 mlrd dollardan 4,2 mlrd dollargacha xususiy investitsiya jalb qilishi mumkin. Bu 120 mingdan 180 minggacha ish o‘rni yaratishga xizmat qiladi.
Logistikada asosiy imkoniyat avtomobilda yuk tashish va ombor xo‘jaligi bilan bog‘liq. Hisobotda O‘zbekistonda zamonaviy Class A omborlari bo‘yicha taklif yetishmovchiligi 88 foiz deb baholangan.
Yer ajratish, qurilish ruxsatnomalari va xalqaro yuk tashish ruxsatlaridan foydalanish tartibini soddalashtirish orqali sohaga 950 mln dollardan 1,05 mlrd dollargacha investitsiya jalb qilinishi mumkin.
Bu yo‘nalishda 37–41 ming bevosita va 60–67 ming bilvosita ish o‘rni yaratilishi prognoz qilinmoqda.
Shuningdek, logistika infratuzilmasini rivojlantirish O‘zbekistonning “O‘rta yo‘lak” doirasidagi mintaqaviy savdo va tranzit markazi sifatidagi rolini kuchaytirishi mumkin.
Farmatsevtikada esa asosiy salohiyat djenerik dorilar va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. JB dori vositalarini ishlab chiqarish standartlarini xalqaro talablarga moslashtirish va dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini soddalashtirishni tavsiya qilmoqda.
Ushbu choralar farmatsevtika sohasiga 44 mln dollardan 188 mln dollargacha xususiy investitsiya jalb qilishi va 20 minggacha ish o‘rni yaratishi mumkin.
Zdaniya Mejdunarodnogo valyutnogo fonda v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2026
XVJ O‘zbekistonni xatardan ogohlantirdi
Yangiliklar lentasi
0