https://oz.sputniknews.uz/20260814/ozbekiston-informatika-olimpiada-59707275.html
O‘zbekiston jamoasi Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston jamoasi Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
Muhammad al-Xorazmiy va Prezident maktablari o‘quvchilari kumush va bronza medalini olib, mamlakat tarixini yozishdi. 14.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-14T16:10+0500
2026-08-14T16:10+0500
2026-08-14T16:10+0500
jamiyat
o‘zbekiston
raqamli texnologiyalar vazirligi
olimpiada
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0e/59707456_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_b1aaee0aa425619dd2bdd03cc5782b34.jpg
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslari O‘zbekiston uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Milliy terma jamoaning barcha 4 nafar a’zosi medalga sazovor bo‘ldi – 1 ta kumush va 3 ta bronza.Bronza medaliga sazovor bo‘lganlar:Bundan tashqari, Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sardorbek Salimov — “Faxriy e’tirof” sovriniga ega bo‘ldi.Xalqaro informatika olimpiadasi 1989-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ilk musobaqa YuNESKO tashabbusi bilan Bolgariyada tashkil etilgan.Bu yil olimpiadaga ilk bor Toshkent mezbonlik qildi. Unda 97 tadan ortiq mamlakatdan 386 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260811/xalqaro-informatika-olimpiada-59628438.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0e/59707456_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_7e56575a25745839709b15db34e2bf33.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar vazirligi, olimpiada
jamiyat, o‘zbekiston, raqamli texnologiyalar vazirligi, olimpiada
O‘zbekiston jamoasi Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Muhammad al-Xorazmiy va Prezident maktablari o‘quvchilari kumush va bronza medalini olib, mamlakat tarixini yozishdi.
TOShKENT, 14 avg – Sputnik. Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslari O‘zbekiston uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Milliy terma jamoaning barcha 4 nafar a’zosi medalga sazovor bo‘ldi – 1 ta kumush va 3 ta bronza.
Muhammad al-Xorazmiy maktabining 9-sinf o‘quvchisi Jahonali Haydaraliyev — kumush medalga ega chiqdi.
Bronza medaliga sazovor bo‘lganlar:
Timur Kadirbergenov - Nukus Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Ulug‘bek Rahmatullayev – Namangan Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Jahongirshoh Avazxonov – Namangan Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi.
Bundan tashqari, Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sardorbek Salimov — “Faxriy e’tirof” sovriniga ega bo‘ldi.
“Mazkur tarixiy natija yoshlarimizning yillar davomida olib borgan izchil tayyorgarligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan raqamli ta’lim islohotlarining amaliy samarasidir”, - deyiladi Raqamli texnologiyalar vazirligi xabarida.
Xalqaro informatika olimpiadasi 1989-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ilk musobaqa YuNESKO tashabbusi bilan Bolgariyada tashkil etilgan.
Bu yil olimpiadaga ilk bor Toshkent mezbonlik qildi. Unda 97 tadan ortiq mamlakatdan 386 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.