https://oz.sputniknews.uz/20260811/xalqaro-informatika-olimpiada-59628438.html
Toshkentda ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda
Toshkentda ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qilmoqda. Bu yil 97 mamlakat vakillari ishtirok etapti — bu musobaqa tarixidagi rekord ko‘rsatkich.
2026-08-11T18:02+0500
2026-08-11T18:02+0500
2026-08-11T18:45+0500
yunesko
o‘zbekiston
sherzod shermatov
raqamli texnologiyalar vazirligi
olimpiada
video
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59628645_80:0:1884:1015_1920x0_80_0_0_ce001e181e303fb909fb2a72b47289e5.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida dasturlash sohasidagi eng yirik musobaqalardan biri — Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor o‘tkazilmoqda. Tadbirda 97 ta mamlakat vakillari ishtirok etmoqda — bu olimpiada tarixidagi rekord ko‘rsatkich, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirokchilarni qutlab, ularni mamlakatga nafaqat olimpiada o‘tkazilayotgan joy, balki kelajakda texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli maydon sifatida ham qarashga chaqirdi.Xalqaro informatika olimpiadasining sobiq ishtirokchisi, belaruslik Gennadiy Korotkevichning aytishicha, bunday musobaqalarga tayyorlanish uchun maktab dasturining o‘zi yetarli emas. Informatikani chuqur o‘rganish va muntazam ravishda murakkab masalalar ustida ishlash talab etiladi.Korotkevichning o‘zi olimpiadada yetti marta qatnashib, olti marta oltin medalni qo‘lga kiritgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, olimpiada bir hafta davom etsa-da, asosiy musobaqalar ikki kun o‘tkaziladi. Ikki tur o‘rtasida ishtirokchilarga bir kun dam beriladi, shundan so‘ng ular yana kompyuter qarshisiga o‘tiradi.Xalqaro informatika olimpiadasi 1989-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ilk musobaqa YuNESKO tashabbusi bilan Bolgariyada tashkil etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260719/kimyo-olimpiada-uzbekistan-ishtirokchi-medal-59135792.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59628645_305:0:1658:1015_1920x0_80_0_0_d0093c3d1b51e4dd5097463013ceac8b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yunesko, o‘zbekiston, sherzod shermatov, raqamli texnologiyalar vazirligi, olimpiada , video, jamiyat
yunesko, o‘zbekiston, sherzod shermatov, raqamli texnologiyalar vazirligi, olimpiada , video, jamiyat
Toshkentda ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasi bo‘lib o‘tmoqda
18:02 11.08.2026 (yangilandi: 18:45 11.08.2026) Olimpiadaning olti karra oltin medal sohibi Gennadiy Korotkevich ishtirokchilarni qanday sinovlar kutayotganini tushuntirdi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentda maktab o‘quvchilari o‘rtasida dasturlash sohasidagi eng yirik musobaqalardan biri — Xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor o‘tkazilmoqda. Tadbirda 97 ta mamlakat vakillari ishtirok etmoqda — bu olimpiada tarixidagi rekord ko‘rsatkich, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirokchilarni qutlab, ularni mamlakatga nafaqat olimpiada o‘tkazilayotgan joy, balki kelajakda texnologik loyihalarni amalga oshirish uchun istiqbolli maydon sifatida ham qarashga chaqirdi.
“Agar siz haqiqatan ham o‘z kompaniya yoki startapingizga asos solmoqchi bo‘lsangiz, O‘zbekistonni potensial boshlanish nuqtasi sifatida ko‘rib chiqishingiz mumkin. Agar O‘zbekistonda AT kompaniyangiz bo‘lsa, siz hech qanday soliq to‘lamaysiz. Xodimlaringiz ham boshqa mamlakatlarga qaraganda kamroq soliq to‘laydi”, — dedi Shermatov.
Xalqaro informatika olimpiadasining sobiq ishtirokchisi, belaruslik Gennadiy Korotkevichning aytishicha, bunday musobaqalarga tayyorlanish uchun maktab dasturining o‘zi yetarli emas. Informatikani chuqur o‘rganish va muntazam ravishda murakkab masalalar ustida ishlash talab etiladi.
Korotkevichning o‘zi olimpiadada yetti marta qatnashib, olti marta oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, olimpiada bir hafta davom etsa-da, asosiy musobaqalar ikki kun o‘tkaziladi. Ikki tur o‘rtasida ishtirokchilarga bir kun dam beriladi, shundan so‘ng ular yana kompyuter qarshisiga o‘tiradi.
“Ularga har kuni uchta masalani yechish uchun besh soat vaqt beriladi. Har bir masala uchun uni imkon qadar yaxshi yechadigan dastur yozish kerak. Masalani qanchalik yaxshi yechishsa, shuncha ko‘p ball to‘plashadi. Masalalar juda murakkab”, — dedi Korotkevich.
Xalqaro informatika olimpiadasi 1989-yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ilk musobaqa YuNESKO tashabbusi bilan Bolgariyada tashkil etilgan.