18 ta medal va Osiyo rekordi: O‘zbekiston og‘ir atletikachilarining kun natijalari

© Press-slujba NOKV chempionate Azii po tajeloy atletike sportsmeni Uzbekistana zavoyevali 18 medaley
V chempionate Azii po tajeloy atletike sportsmeni Uzbekistana zavoyevali 18 medaley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining navbatdagi bahslarida 7 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi cportchilari jami 18 ta — 7 ta oltin, 6 ta kumush va 5 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Kun qahramonlaridan biri Shahnoza Haydarova bo‘ldi. -69 kg vazn toifasida qatnashgan sportchi o‘smirlar o‘rtasida dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikki kurashda uchta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
© Press-slujba NOKV chempionate Azii po tajeloy atletike sportsmeni Uzbekistana zavoyevali 18 medaley
V chempionate Azii po tajeloy atletike sportsmeni Uzbekistana zavoyevali 18 medaley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2026
V chempionate Azii po tajeloy atletike sportsmeni Uzbekistana zavoyevali 18 medaley
Yoshlar bahslarida esa dast ko‘tarish va ikki kurashda g‘olib bo‘lib, siltab ko‘tarishda kumush medalga ega chiqdi. Shu tariqa, Haydarova bir kunning o‘zida 5 ta oltin va 1 ta kumush medal jamg‘ardi.
-85 kg vaznda Hikmatillo Haydarov ham tarixiy natija qayd etdi. U dast ko‘tarishda 153, 158 va 161 kg og‘irliklarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, oltin medalga sazovor bo‘ldi. 161 kg natija bilan sportchi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo rekordini yangiladi.
Haydarov ikki kurashda kumush, siltab ko‘tarishda esa bronza medalini ham qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, Otabek Karimov 1 ta oltin va 2 ta bronza, Azizbek Qutbiddinov 2 ta kumush va 1 ta bronza, Nurhayot Qobilova esa 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Osiyo chempionati Olimpiya shaharchasida o‘tkazilmoqda. Unda 29 ta mamlakatdan 300 nafardan ziyod sportchi ishtirok etapti. Musobaqa 14-avgustga qadar davom etadi.

Uzbekistansi zavoyevali 10 medaley na chempionate Azii v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2026
10 ta medal va barchasi qizlardan: Osiyo chempionatining uchinchi kuni yakunlari
Yangiliklar lentasi
0