https://oz.sputniknews.uz/20260811/asia-chempionat-yakunlar-59614759.html
10 ta medal va barchasi qizlardan: Osiyo chempionatining uchinchi kuni yakunlari
10 ta medal va barchasi qizlardan: Osiyo chempionatining uchinchi kuni yakunlari
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi Osiyo chempionatining bir kunlik bahslarida 10 ta medal oldi. Uch kun yakunlariga ko‘ra, jamoa hisobi 12 ta medalga yetdi.
2026-08-11T09:19+0500
2026-08-11T09:19+0500
2026-08-11T10:01+0500
sport
og‘ir atletika
oltin medal
kumush medal
bronza medal
chempionat
og‘ir atletika bo‘yicha osiyo chempionati
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59614175_0:9:570:330_1920x0_80_0_0_8147e23adc89ca5d54c21f0941602e18.jpg
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi a’zolari poytaxtda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 10-avgust kungi bahslarida 10 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.Oltin medallarga Marjona Abdumutalova (-57 kg, yoshlar, dast ko‘tarish), Ziyoda Xudoyqulova (-61 kg, yoshlar, dast ko‘tarish) va Munisa Boltayeva (-61 kg, o‘smirlar, siltab ko‘tarish) sazovor bo‘ldi.Munisa Boltayeva ikki kurashda kumush, dast ko‘tarishda bronza medalga ega chiqdi. Zarina Abdullahakova esa -57 kg vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida dast ko‘tarishda kumush medalni qo‘lga kiritdi.Shu tariqa, musobaqaning uch kuni yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jami 12 ta medal jamg‘ardi. Ularning 11 tasi qizlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Avvalgi bahslarda Azizbek Dadajonov -60 kg vaznda siltab ko‘tarishda 134 kg natija bilan bronza medalga sazovor bo‘lgan.Osiyo chempionati 14-avgustga qadar davom etadi. Unda 29 ta mamlakatdan 300 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260810/uzbekistan-kelajak-oyinlar-59600252.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59614175_2:0:570:426_1920x0_80_0_0_88c9166245d429e4a635658b75df09f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, og‘ir atletika, oltin medal, kumush medal, bronza medal, chempionat, og‘ir atletika bo‘yicha osiyo chempionati, o‘zbekiston
sport, og‘ir atletika, oltin medal, kumush medal, bronza medal, chempionat, og‘ir atletika bo‘yicha osiyo chempionati, o‘zbekiston
10 ta medal va barchasi qizlardan: Osiyo chempionatining uchinchi kuni yakunlari
09:19 11.08.2026 (yangilandi: 10:01 11.08.2026) Og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining uchinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta medal qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekiston og‘ir atletika terma jamoasi a’zolari poytaxtda o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining 10-avgust kungi bahslarida 10 ta medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Oltin medallarga Marjona Abdumutalova (-57 kg, yoshlar, dast ko‘tarish), Ziyoda Xudoyqulova (-61 kg, yoshlar, dast ko‘tarish) va Munisa Boltayeva (-61 kg, o‘smirlar, siltab ko‘tarish) sazovor bo‘ldi.
Abdumutalova siltab ko‘tarish va ikki kurashda yana ikkita kumush medal oldi. Xudoyqulova ham siltab ko‘tarish va ikki kurashda ikkinchi natijani qayd etdi.
Munisa Boltayeva ikki kurashda kumush, dast ko‘tarishda bronza medalga ega chiqdi. Zarina Abdullahakova esa -57 kg vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasida dast ko‘tarishda kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, musobaqaning uch kuni yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi jami 12 ta medal jamg‘ardi. Ularning 11 tasi qizlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Avvalgi bahslarda Azizbek Dadajonov -60 kg vaznda siltab ko‘tarishda 134 kg natija bilan bronza medalga sazovor bo‘lgan.
Osiyo chempionati 14-avgustga qadar davom etadi. Unda 29 ta mamlakatdan 300 nafardan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.