UzAuto ulushi kamaymoqda, BYD’niki esa keskin oshmoqda — avtomobil bozorida nima o‘zgardi

© BYD Europe B.V.Avtomobili BYD v odnom iz dilerskix sentrov Tashkenta — arxivnoe foto
Avtomobili BYD v odnom iz dilerskix sentrov Tashkenta — arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.08.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda avtomobil savdosi ketma-ket to‘rtinchi oy pasaymoqda.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda 210 837 ta avtomobil sotildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7 940 taga yoki 3,6 foizga kam. O‘zbekiston avtomobil biznesi assotsiatsiyasi (ABA Uzbekistan) xabar berdi.
Iyul oyida 31 324 ta avtomobil sotildi — iyunga nisbatan 4,7 foiz ko‘p, ammo 2025-yil iyuliga qaraganda qariyb 30 foiz kam.
Bozordagi eng sezilarli o‘zgarishlardan biri "UzAuto Motors" va Xitoy brendlari ulushida kuzatildi. "UzAuto Motors" ulushi bir yilda 81,5 foizdan 74,6 foizga tushdi. BYD esa o‘z ulushini deyarli ikki barobar — 5,6 foizdan 10 foizga oshirdi.

Umuman, Xitoy avtomobil brendlarining O‘zbekiston bozoridagi ulushi 11,6 foizdan 17,8 foizga yetdi. ADM ulushi ham 11,3 foizdan 12,8 foizga ko‘tarildi. Uning portfelida "Kia", "Haval" va "Changan" o‘sish ko‘rsatdi.

Xaridorlarning tanlovi ham o‘zgarmoqda. Oddiy past kuzovli, alohida yukxonaga ega sedanlarga talab kamaymoqda. B-klass sedanlari savdosi bir yilda qariyb 87 mingtadan 70 mingtadan sal ko‘proqqa tushdi, ularning bozordagi ulushi esa 40 foizdan 34 foizga qisqardi.
Aksincha, kuzovi balandroq, yo‘ldan balandligi kattaroq va tashqi ko‘rinishi yo‘ltanlamaslarga o‘xshash ixcham krossoverlar tobora ko‘proq xarid qilinmoqda. B-SUV segmentidagi avtomobillar savdosi 37,7 mingtadan 47,9 mingtaga oshdi, ularning bozordagi ulushi esa 22,7 foizga yetdi.
Assotsiatsiya bu tendensiyani avtomobil bozorida moliyaviy mahsulotlar rivojlanishi va aholining xarid qobiliyati oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.
Avtomobil Chevrolet Damas  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
Cobalt va Damas uchun 15 mln, Captiva uchun 45 mln so‘mgacha chegirma berildi
Yangiliklar lentasi
0