https://oz.sputniknews.uz/20260813/tadbirkorlar-iqtisod-ishonch-59678129.html
Tadbirkorlarning 82 foizi iqtisodiy sharoitlar yaxshilanishiga ishonmoqda — Markaziy bank
Tadbirkorlarning 82 foizi iqtisodiy sharoitlar yaxshilanishiga ishonmoqda — Markaziy bank
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank so‘rovida tadbirkorlarning 82 foizi iqtisodiy sharoitlar yaxshilanishini kutmoqda. 64 foiz biznes muhiti yaxshilanganini, 56 foiz buyurtmalar ko‘payganini bildirdi.
2026-08-13T14:44+0500
2026-08-13T14:44+0500
2026-08-13T14:44+0500
markaziy bank
o‘zbekiston
tadbirkor
biznes
iqtisod
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45257471_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_a33b4128f40636752004e9be7aaf686e.jpg
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekistonda tadbirkorlarning iqtisodiy vaziyatga ishonchi kuchaymoqda. Markaziy bankning 2026-yil II chorak uchun “Biznes kayfiyati sharhi”ga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 82 foizi kelgusi davrda makroiqtisodiy sharoitlar yaxshilanishiga ishonmoqda. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 66 foiz edi.Jami 2 391 nafar tadbirkor ishtirok etgan so‘rovda 64 foiz biznes sharoitlari yaxshilanganini bildirgan — 2025-yilning mos davrida 61 foiz edi. Ijobiy o‘zgarishlar asosan bank xizmatlari sifati, raqobat muhiti, litsenziya olish jarayonlari va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘langan.Shu bilan birga, 42 foiz tadbirkor so‘nggi uch oyda qarz majburiyatlari oshganini aytgan, 45 foiz esa kelgusida ham ular ko‘payishini kutmoqda.To‘liq quvvatda ishlashga energiya ta’minotidagi uzilishlar, ichki talabning yetarli emasligi, yonilg‘i narxlari va yetkazib berishdagi uzilishlar asosiy to‘siqlar sifatida ko‘rsatilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260414/xususiylashtirish-soliq-xarajat-imf-tavsiyalar-56893638.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/13/45257471_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_1fa0c5c04a13a50687a0f33b33d74613.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank, o‘zbekiston, tadbirkor, biznes, iqtisod, kredit
markaziy bank, o‘zbekiston, tadbirkor, biznes, iqtisod, kredit
Tadbirkorlarning 82 foizi iqtisodiy sharoitlar yaxshilanishiga ishonmoqda — Markaziy bank
O‘zbekistonda biznes kayfiyati ijobiyligicha qolmoqda: tadbirkorlarning 64 foizi sharoitlar yaxshilanganini, 82 foizi esa iqtisodiy vaziyat yana yaxshilanishini kutmoqda.
TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekistonda tadbirkorlarning iqtisodiy vaziyatga ishonchi kuchaymoqda. Markaziy bankning 2026-yil II chorak uchun “Biznes kayfiyati sharhi”ga
ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 82 foizi kelgusi davrda makroiqtisodiy sharoitlar yaxshilanishiga ishonmoqda. Bir yil avval bu ko‘rsatkich 66 foiz edi.
Jami 2 391 nafar tadbirkor ishtirok etgan so‘rovda 64 foiz biznes sharoitlari yaxshilanganini bildirgan — 2025-yilning mos davrida 61 foiz edi. Ijobiy o‘zgarishlar asosan bank xizmatlari sifati, raqobat muhiti, litsenziya olish jarayonlari va yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘langan.
Tadbirkorlarning 56 foizi buyurtmalar ko‘payganini qayd etdi. Yuqori quvvatda ishlayotgan korxonalar ulushi 50 foizdan 58 foizga oshdi. Ishchi kuchiga talab oshganini bildirganlar 48 foizni tashkil qildi.
Shu bilan birga, 42 foiz tadbirkor so‘nggi uch oyda qarz majburiyatlari oshganini aytgan, 45 foiz esa kelgusida ham ular ko‘payishini kutmoqda.
To‘liq quvvatda ishlashga energiya ta’minotidagi uzilishlar, ichki talabning yetarli emasligi, yonilg‘i narxlari va yetkazib berishdagi uzilishlar asosiy to‘siqlar sifatida ko‘rsatilgan.