https://oz.sputniknews.uz/20260812/obligatsiyalar-kapital-bozor-ozgarishlar-59651459.html
Ipoteka obligatsiyalari va kapital bozori: O‘zbekistonda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda
Ipoteka obligatsiyalari va kapital bozori: O‘zbekistonda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ipoteka obligatsiyalari tizimi joriy etilishi mumkin. So‘nggi uch yilda aksiyalar emissiyasi 189,7 trln so‘mdan 265,1 trln so‘mga, korporativ obligatsiyalar esa 1,6 trlndan 7 trln so‘mdan ziyodga yetdi.
2026-08-12T14:48+0500
2026-08-12T14:48+0500
2026-08-12T14:52+0500
qimmatli qog‘ozlar
obligatsiyalar
birja
o‘zbekiston
soliq
imtiyoz
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48359664_0:159:3077:1890_1920x0_80_0_0_10324e578d87dc0556412444310be10a.jpg
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor ipoteka obligatsiyalari tizimini qonunan joriy etish kutilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshqarmasi boshlig‘i Saulat Toreshov ma’lum qildi.Yangi mexanizmda bank ipoteka kreditlaridan shakllangan aktivlarni maxsus moliya kompaniyasiga sotadi. Kompaniya ushbu aktivlar asosida ipoteka obligatsiyalarini chiqaradi. Investorlarga foiz va asosiy mablag‘ ipoteka kreditlari bo‘yicha yillar davomida kelib tushadigan to‘lovlar hisobidan qaytariladi.Qabul qilinishi kutilayotgan qonun loyihasida xalqaro moliya institutlariga milliy valyutada obligatsiyalar chiqarish huquqini berish ham nazarda tutilgan.Ayni paytda kapital bozori ko‘rsatkichlari ham o‘smoqda. Aksiyalar emissiyasi hajmi:Korporativ obligatsiyalar emissiyasi 2023-yilda 1,6 trln, 2024-yilda 1,9 trln, 2025-yilda 3,9 trln so‘mni tashkil etgan. 2026-yilning birinchi yarim yilligida esa bu ko‘rsatkich 7 trln so‘mdan oshdi.Fond birjasidagi umumiy savdolar hajmi 2025-yil yakunida 17,6 trln so‘mga yetib, o‘sish sur’ati olti baravarni tashkil qildi. 2026-yil birinchi yarim yilligida savdolar hajmi 6,9 trln so‘m bo‘ldi.Shuningdek, qonun loyihasida investitsiya fondlarining dividend ko‘rinishida oladigan daromadlarini dividend solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.Bundan tashqari, 2038-yilga qadar O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foiz daromadlari va ijobiy kurs farqlarini tegishli ravishda daromad va foyda solig‘idan ozod qilish rejalashtirilmoqda. Bu imtiyoz chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalar hamda sukuk qimmatli qog‘ozlaridan olinadigan daromadlarga ham tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260504/kompaniyalar-dollar-obligatsiya-chiqarish-57303557.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/03/0c/48359664_174:0:2905:2048_1920x0_80_0_0_94b68f52ad6eabbedd5d1d0bdb156b18.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar, birja, o‘zbekiston, soliq, imtiyoz, iqtisod
qimmatli qog‘ozlar, obligatsiyalar, birja, o‘zbekiston, soliq, imtiyoz, iqtisod
Ipoteka obligatsiyalari va kapital bozori: O‘zbekistonda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda
14:48 12.08.2026 (yangilandi: 14:52 12.08.2026) Eksklyuziv
O‘zbekistonda ilk bor ipoteka obligatsiyalari tizimini qonunan joriy etish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, aksiya va korporativ obligatsiyalar emissiyasi hajmi o‘smoqda.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor ipoteka obligatsiyalari tizimini qonunan joriy etish kutilmoqda. Bu haqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshqarmasi boshlig‘i Saulat Toreshov ma’lum qildi.
Yangi mexanizmda bank ipoteka kreditlaridan shakllangan aktivlarni maxsus moliya kompaniyasiga sotadi. Kompaniya ushbu aktivlar asosida ipoteka obligatsiyalarini chiqaradi. Investorlarga foiz va asosiy mablag‘ ipoteka kreditlari bo‘yicha yillar davomida kelib tushadigan to‘lovlar hisobidan qaytariladi.
“Bu mexanizm banklarga avval berilgan ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish va qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish imkonini beradi. Kreditlar to‘lanmay qolgan holatlarda esa investorlarni himoya qilish mexanizmi qo‘llaniladi”, — dedi Toreshov.
Qabul qilinishi kutilayotgan qonun loyihasida xalqaro moliya institutlariga milliy valyutada obligatsiyalar chiqarish huquqini berish ham nazarda tutilgan.
Ayni paytda kapital bozori ko‘rsatkichlari ham o‘smoqda. Aksiyalar emissiyasi hajmi:
2023 yilda — 189,7 trln so‘m;
2024 yilda — 214,7 trln so‘m;
2025 yilda — 265,1 trln so‘m;
2026 yil birinchi yarim yilligida — 269,4 trln so‘m.
Korporativ obligatsiyalar emissiyasi 2023-yilda 1,6 trln, 2024-yilda 1,9 trln, 2025-yilda 3,9 trln so‘mni tashkil etgan. 2026-yilning birinchi yarim yilligida esa bu ko‘rsatkich 7 trln so‘mdan oshdi.
Fond birjasidagi umumiy savdolar hajmi 2025-yil yakunida 17,6 trln so‘mga yetib, o‘sish sur’ati olti baravarni tashkil qildi. 2026-yil birinchi yarim yilligida savdolar hajmi 6,9 trln so‘m bo‘ldi.
Shuningdek, qonun loyihasida investitsiya fondlarining dividend ko‘rinishida oladigan daromadlarini dividend solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.
S. Toreshevga ko‘ra, qoplangan va sekyuritizatsiyalangan obligatsiyalar bo‘yicha ajratilgan aktivlarni sotish hamda sotib olish operatsiyalari ham soliqdan ozod qilinishi mumkin.
Bundan tashqari, 2038-yilga qadar O‘zbekiston rezidentlari va norezidentlari bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo‘jalik jamiyatlari obligatsiyalari bo‘yicha foiz daromadlari va ijobiy kurs farqlarini tegishli ravishda daromad va foyda solig‘idan ozod qilish rejalashtirilmoqda.
Bu imtiyoz chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalar hamda sukuk qimmatli qog‘ozlaridan olinadigan daromadlarga ham tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.