Ayrim kompaniyalar dollarda obligatsiya chiqarib, qarz jalb qilishi mumkin bo‘ladi

© Sputnik / Sgenerirovano IIV Uzbekistane ustanovlen poradok vipuska obligatsiy v dollarax
V Uzbekistane ustanovlen poradok vipuska obligatsiy v dollarax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.05.2026
Obuna bo‘lish
Obligatsiyalarni O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan, “tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar chiqarishi mumkin.
TOShKENT, 4-may — Sputnik. O‘zbekistonda ayrim kompaniyalar dollar va boshqa chet el valyutalarida obligatsiya chiqarib, investorlardan qarz mablag‘lari jalb qilishi mumkin bo‘ladi.
Adliya vazirligi kapital bozori sohasida “tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasida obligatsiyalar chiqarish va joylashtirish tartibiga oid hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.
Obligatsiyalarni O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan, “tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi hisoblangan yuridik shaxslar chiqarishi mumkin. Ular yillik moliyaviy hisobot bo‘yicha mustaqil auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasiga ega bo‘lishi kerak.
Bitta emitent tomonidan chiqariladigan valyuta obligatsiyalarining umumiy summasi 50 million dollar ekvivalentidan oshmasligi lozim.
Valyuta obligatsiyalari ta’minlangan yoki ta’minlanmagan holda chiqarilishi mumkin. Ta’minotsiz obligatsiya chiqarishga emitentning o‘z kapitali miqdori doirasida ruxsat beriladi. Agar obligatsiyalar hajmi o‘z kapitalidan oshib ketsa, ortiqcha summa uchun ta’minot taqdim etilishi shart.
Valyuta obligatsiyalarini chiqarish, joylashtirish va muomalaga kiritish, shuningdek, ular bo‘yicha daromadlarni to‘lash va so‘ndirish ustidan nazorat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

Valyuta obligatsiyasi — nominal qiymati va daromadi chet el valyutasida belgilanadigan qimmatli qog‘oz. U orqali kompaniya investorlardan mablag‘ jalb qiladi, investor esa belgilangan muddatda obligatsiya qiymati va daromadini olish huquqiga ega bo‘ladi.

Obligatsiya aksiya emas: uni sotib olgan investor kompaniya egasiga aylanmaydi. Ammo qarz qaytarilmasa va obligatsiya ta’minot bilan chiqarilgan bo‘lsa, investorlar sud orqali qarzni shu ta’minot hisobidan undirishni talab qilishi mumkin.

Zasedaniya Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2025
Davlat kafolati ostida tashqi qarz olishni ma’qullashni parlamentga o‘tkazish taklif qilindi
Yangiliklar lentasi
0