https://oz.sputniknews.uz/20260812/nijnekamsk-jamoaviy-namoz-59637775.html
Ukraina hujumida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun Nijnekamskda jamoaviy namoz o‘qildi
Ukraina hujumida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun Nijnekamskda jamoaviy namoz o‘qildi
Sputnik O‘zbekiston
Nijnekamskda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlarini vatanga jo‘natish oldidan masjidda jamoaviy namoz o‘qildi. O‘zbekistonning maxsus ishchi guruhi Tatarstanga yetib bordi.
2026-08-12T10:01+0500
2026-08-12T10:01+0500
2026-08-12T10:10+0500
tatariston
rustam minnixanov
dron
masjid
vafot etdi
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
komissiya
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0c/59637607_0:55:1200:730_1920x0_80_0_0_d2d667d8d2e3d1f7883d069f2f2e22b1.png
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Nijnekamskda Ukraina dronlari hujumi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlarini vatanga jo‘natish oldidan shahar masjidida jamoaviy namoz o‘qildi. Bu haqda Tatariston raisi matbuot xizmati xabar berdi.Shuningdek, Nijnekamskka O‘zbekistonning maxsus ishchi guruhi yetib bordi. Uning tarkibiga FVV, TIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Migratsiya agentligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan. O‘zbekistonda tuzilgan hukumat komissiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarlik qilmoqda.10 avgust kuni Minnixanov Nijnekamsk shifoxonasida jabrlanganlarni borib ko‘rdi va prezident Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.O‘zbekiston FVVning keyingi ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina hujumi oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.Tataristonda halok bo‘lganlarning oilalariga 2 mln rubl, jabrlanganlarga esa jarohat og‘irligiga qarab 300 mingdan 600 ming rublgacha to‘lov belgilangan.
https://oz.sputniknews.uz/20260811/russia-tiv-elchixona-hamdardlik-59627008.html
tatariston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0c/59637607_78:0:1123:784_1920x0_80_0_0_daeb994d1699839d0437aaf50cc1ee13.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tatariston, rustam minnixanov, dron, masjid, vafot etdi, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), komissiya, jamiyat, o‘zbekiston
tatariston, rustam minnixanov, dron, masjid, vafot etdi, favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv), komissiya, jamiyat, o‘zbekiston
Ukraina hujumida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar uchun Nijnekamskda jamoaviy namoz o‘qildi
10:01 12.08.2026 (yangilandi: 10:10 12.08.2026) O‘zbekiston maxsus ishchi guruhi Nijnekamskka yetib bordi. Tatariston halok bo‘lganlar jasadlarini vatanga qaytarishga ko‘maklashmoqda.
TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Nijnekamskda Ukraina dronlari hujumi oqibatida halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlarini vatanga jo‘natish oldidan shahar masjidida jamoaviy namoz o‘qildi. Bu haqda Tatariston raisi matbuot xizmati
xabar berdi.
Shuningdek, Nijnekamskka O‘zbekistonning maxsus ishchi guruhi yetib bordi. Uning tarkibiga FVV, TIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Migratsiya agentligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan. O‘zbekistonda tuzilgan hukumat komissiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov rahbarlik qilmoqda.
Tatariston raisi Rustam Minnixanov topshirig‘iga ko‘ra, respublika idoralari ishchi guruhga jabrlanganlar ahvoli haqida ma’lumot to‘plash va halok bo‘lganlarni vatanga qaytarishda ko‘maklashmoqda.
10 avgust kuni Minnixanov Nijnekamsk shifoxonasida jabrlanganlarni borib ko‘rdi va prezident Shavkat Mirziyoyevga hamdardlik bildirdi.
O‘zbekiston FVVning keyingi ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina hujumi oqibatida 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.
Tataristonda halok bo‘lganlarning oilalariga 2 mln rubl, jabrlanganlarga esa jarohat og‘irligiga qarab 300 mingdan 600 ming rublgacha to‘lov belgilangan.