https://oz.sputniknews.uz/20260811/zomin-bungee-jumping-59627211.html
Zominda Bungee jumping: attraksion qanchalik xavfsiz va nimalarga e’tibor berish kerak
Zominda Bungee jumping: attraksion qanchalik xavfsiz va nimalarga e’tibor berish kerak
Sputnik O‘zbekiston
Zominda ommalashgan bungee jumping attraksionlari qanday nazorat qilinadi? Qo‘mita ruxsat hujjatlari, xavfsizlik talablari va foydalanuvchilar nimalarga e’tibor berishi kerakligini tushuntirdi.
2026-08-11T19:48+0500
2026-08-11T19:48+0500
2026-08-13T09:38+0500
xavfsizlik
jamiyat
attraksionlar
jizzax
o‘zbekiston
dam olish maskani
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59630977_18:0:1673:931_1920x0_80_0_0_6b8faa93529a8ddcffe46aec716d5f4a.png
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Zomindagi Bungee jumping — balandlikdan maxsus elastik tros yordamida sakrashga mo‘ljallangan ekstremal attraksion — ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolar ortidan yanada ommalashdi.Rus tilida bunday attraksion "bandji-djamping" deb ham ataladi. Zomindagi maydon turistik osma yo‘l yaqinida joylashgan.Sputnik O‘zbekiston Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasidan Zomindagi Bungee jumping attraksionlari xavfsizligi qanday nazorat qilinishi va ular tegishli ruxsat hujjatlariga ega-emasligini so‘radi.Qo‘mita raisi o‘rinbosari Sardorbek Yakubekovning ma’lum qilishicha, bu turdagi attraksionlar Vazirlar Mahkamasining 886-son qarorida belgilangan talablar asosida nazorat qilinadi.Tadbirkorlar konstruksiyalar va troslarning mustahkamligi, ularning sertifikatlangani hamda boshqa xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi shart.Shu bilan birga, o‘tkazilgan nazorat tadbirlaridan keyin ularga xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berilgan. Jumladan, himoya kaskalarini zamonaviylariga almashtirish, xavfsizlik kamarlari va belbog‘laridan foydalanish tavsiya qilingan. Shu maqsadda 18 taga yaqin yangi xavfsizlik kamari xarid qilingan.Qo‘mita fuqarolarga ekstremal attraksionlardan foydalanishdan oldin ularda maxsus QR-kod mavjudligini tekshirishni tavsiya qilmoqda. Uni skanerlash orqali attraksiondan foydalanishga ruxsat berilgani haqidagi ma’lumotni ko‘rish mumkin.QR-kodi bo‘lmagan yoki tegishli ruxsat hujjatlari haqida ma’lumot taqdim etilmagan attraksionlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.Bungee jumping qayerda joylashgan?ZominTour ma’lumotiga ko‘ra, Bungee jumping maydoni Zomindagi turistik osma yo‘l yaqinida joylashgan. Hududda dam olish joylari, piyoda yo‘laklari va boshqa turistik obyektlar ham mavjud.Kimlarga Bungee jumping tavsiya etilmaydi?Ekstremal attraksiondan foydalanishdan oldin salomatlik holatini hisobga olish lozim. ZominTour ma’lumotida yurak-qon tomir muammolari yoki yuqori qon bosimi bo‘lganlar, homilador ayollar, shuningdek, orqa, bo‘g‘im va suyaklarda jiddiy jarohati bor kishilarga Bungee jumping tavsiya etilmasligi qayd etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260811/lift-attraktsion-xavfsizlik-tekshiruv-59621637.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0b/59630977_225:0:1466:931_1920x0_80_0_0_4ece4d3d0c7ca3758d14ca9df743ffe6.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xavfsizlik, jamiyat, attraksionlar, jizzax, o‘zbekiston, dam olish maskani
xavfsizlik, jamiyat, attraksionlar, jizzax, o‘zbekiston, dam olish maskani
Zominda Bungee jumping: attraksion qanchalik xavfsiz va nimalarga e’tibor berish kerak
19:48 11.08.2026 (yangilandi: 09:38 13.08.2026) Zomindagi Bungee jumping so‘nggi paytlarda sayyohlar orasida ommalashmoqda. Sputnik O‘zbekiston ekstremal attraksion qanday nazorat qilinishi, unga qanday ruxsatlar berilishi va sakrashdan oldin nimalarni tekshirish kerakligini aniqladi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Zomindagi Bungee jumping — balandlikdan maxsus elastik tros yordamida sakrashga mo‘ljallangan ekstremal attraksion — ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videolar ortidan yanada ommalashdi.
Rus tilida bunday attraksion "bandji-djamping" deb ham ataladi. Zomindagi maydon turistik osma yo‘l yaqinida joylashgan.
Sputnik O‘zbekiston Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasidan Zomindagi Bungee jumping attraksionlari xavfsizligi qanday nazorat qilinishi va ular tegishli ruxsat hujjatlariga ega-emasligini so‘radi.
Qo‘mita raisi o‘rinbosari Sardorbek Yakubekovning ma’lum qilishicha, bu turdagi attraksionlar Vazirlar Mahkamasining 886-son qarorida belgilangan talablar asosida nazorat qilinadi.
Tadbirkorlar konstruksiyalar va troslarning mustahkamligi, ularning sertifikatlangani hamda boshqa xavfsizlik talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lishi shart.
Yakubekovning aytishicha, hozir Zominda Bungee jumping xizmatini ko‘rsatayotgan tadbirkorlar tegishli ruxsat hujjatlari asosida ishlamoqda.
Shu bilan birga, o‘tkazilgan nazorat tadbirlaridan keyin ularga xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berilgan. Jumladan, himoya kaskalarini zamonaviylariga almashtirish, xavfsizlik kamarlari va belbog‘laridan foydalanish tavsiya qilingan. Shu maqsadda 18 taga yaqin yangi xavfsizlik kamari xarid qilingan.
Qo‘mita fuqarolarga ekstremal attraksionlardan foydalanishdan oldin ularda maxsus QR-kod mavjudligini tekshirishni tavsiya qilmoqda. Uni skanerlash orqali attraksiondan foydalanishga ruxsat berilgani haqidagi ma’lumotni ko‘rish mumkin.
QR-kodi bo‘lmagan yoki tegishli ruxsat hujjatlari haqida ma’lumot taqdim etilmagan attraksionlardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Bungee jumping qayerda joylashgan?
ZominTour ma’lumotiga ko‘ra, Bungee jumping maydoni Zomindagi turistik osma yo‘l yaqinida joylashgan. Hududda dam olish joylari, piyoda yo‘laklari va boshqa turistik obyektlar ham mavjud.
Kimlarga Bungee jumping tavsiya etilmaydi?
Ekstremal attraksiondan foydalanishdan oldin salomatlik holatini hisobga olish lozim. ZominTour ma’lumotida yurak-qon tomir muammolari yoki yuqori qon bosimi bo‘lganlar, homilador ayollar, shuningdek, orqa, bo‘g‘im va suyaklarda jiddiy jarohati bor kishilarga Bungee jumping tavsiya etilmasligi qayd etilgan.