Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Tataristonda Ukraina dronlari hujumi oqibatida 7 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota skoroy pomoshi v Moskve
Rabota skoroy pomoshi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2026
Obuna bo‘lish
Bosh konsulxona halok bo‘lgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlarini zarur rasmiy jarayonlardan so‘ng vatanga qaytarish choralarini ko‘radi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Tataristonning Nijnekamsk shahriga dronlar hujumi oqibatida yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, vaziyat diplomatik vakolatxona nazoratiga olingan. Hodisa tafsilotlarini aniqlash uchun mahalliy tergov organlari bilan aloqa o‘rnatilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi va boshqa zarur rasmiy jarayonlar yakunlangach, fuqarolar jasadlarini O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘riladi.

Tatariston rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida jami 13 kishi halok bo‘lgan. 75 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan, ularning 21 nafari kasalxonaga yotqizilgan. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekistondan tashqari Tojikiston fuqarolari ham bor.
Rossiya Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan terakt moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Tataristonda 10-avgust motam kuni deb e’lon qilindi.
V YuNISEF prizvali k zashite detey v konfliktax posle ataki v Gelendjike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
YuNISEF Rossiyada bolalar halok bo‘lgan Ukraina dronlari hujumidan so‘ng bayonot berdi
Yangiliklar lentasi
0