Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiyaning “Rassvet” sun’iy yo‘ldoshlari Ukraina paytavasiga qurt tushirdi

© RoskosmosSovetnik Zelenskogo nazval sputnikovuyu sistemu RF "Rassvet" ugrozoy dlya Ukraini
Sovetnik Zelenskogo nazval sputnikovuyu sistemu RF Rassvet ugrozoy dlya Ukraini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2026
Obuna bo‘lish
Ukraina tomoni Rossiya sun’iy yo‘ldosh aloqasini takomillashtirayotganini va bu dronlarni masofadan boshqarish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkinligini tan oldi.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Rossiyaning “Rassvet” sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi takomillashib bormoqda va kelajakda Ukraina uchun jiddiy muammoga aylanishi mumkin. Bu haqda Zelenskiy maslahatchisi Sergey Beskrestnov Telegram-kanalida bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlarining jangovar harakatlar chizig‘idagi aloqa imkoniyatlari izchil yaxshilanmoqda. “Rassvet” tarmog‘i kengayishi esa sun’iy yo‘ldosh aloqasi orqali uchuvchisiz uchish apparatlarini masofadan boshqarish imkoniyatlarini oshirishi mumkin.

Beskrestnov hozir "Starlink" Rossiya hududi ustida ukrain dronlarini onlayn boshqarish uchun ishlamasligini ta’kidladi. Rossiya esa o‘z sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini to‘liq shakllantirsa, Ukraina hududi uzra bunday cheklovga duch kelmasligi mumkin.

Shu sababli u “Rassvet”ga qarshi choralarni ishlab chiqishni ustuvor vazifalardan biri deb atadi.
Avvalroq ukrainalik sun’iy yo‘ldosh aloqasi bo‘yicha ekspert Vladimir Stepanes ham “Rassvet” tizimining imkoniyatlariga e’tibor qaratgan edi.
Uning ma’lum qilishicha, sun’iy yo‘ldoshlar allaqachon yagona orbital zanjirni shakllantirgan va Ukraina hududi ustidan sutkasiga kamida ikki marta bir soatdan ortiq aloqa o‘rnatish imkonini bermoqda.
“Buro 1440” rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, 23-mart kuni “Rassvet” aloqa guruhining dastlabki 16 ta sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarilgan. 20-iyulda esa kompaniya sun’iy yo‘ldoshlarning ikkinchi paketini muvaffaqiyatli orbitaga joylashtirganini xabar qildi.
Kompaniya kelajakda yuzlab past orbitali apparatlardan iborat tarmoq yaratishni rejalashtirmoqda. “Buro 1440” avvalroq sun’iy yo‘ldosh va yerdagi abonent terminali o‘rtasida 5G NTN texnologiyasi asosida aloqa sinovlarini ham o‘tkazgan.
Eks komanduyushiy VSU Valeriy Zalujniy. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zalujniy: Ukrainaning harbiy innovatsiyalar resursi tugadi, Rossiya ularga qarshi chora topdi
Yangiliklar lentasi
0