Zalujniy: Ukrainaning harbiy innovatsiyalar resursi tugadi, Rossiya ularga qarshi chora topdi
Zalujniy: Ukrainaning harbiy innovatsiyalar resursi tugadi, Rossiya ularga qarshi chora topdi
Sputnik O‘zbekiston
Valeriy Zalujniy Ukraina NATO ixtiyoridagi deyarli barcha qurol va doktrinalarni qo‘llagani, Rossiya esa ularga qarshi chora topganini aytdi. U alyansni yangi standart va doktrinaga o‘tishga chaqirdi.
2026-08-06T15:28+0500
2026-08-06T15:28+0500
2026-08-06T15:28+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi, Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Rossiya Kiyev qo‘llagan G‘arb qurollari va harbiy doktrinalariga qarshi chora topganini aytdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina 2026-yilda NATO ixtiyoridagi deyarli barcha turdagi qurollar va ularni qo‘llash doktrinalaridan foydalandi.Sobiq bosh qo‘mondonning fikricha, davom etayotgan mojaro va ilmiy-texnik taraqqiyot Ukraina armiyasini yangi texnologik bosqichga olib chiqdi, NATO esa hanuz Ikkinchi jahon urushi oxirida shakllangan harbiy doktrinalarga tayanmoqda.Zalujniy alyans butunlay yangi standartlar va harbiy doktrinaga o‘tishi kerakligini ta’kidladi.Avvalroq Zalujniy Ukraina NATOga hech qachon kirmasligini aytgan edi. Keyinchalik u alyansga qo‘shilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini, ammo NATO zamonaviy tahdidlarga moslashishi lozimligini tushuntirdi.
Ukraina NATOdagi deyarli barcha qurol va doktrinalarni qo‘lladi, Rossiya esa ularga qarshi chora topdi, dedi Valeriy Zalujniy.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi, Ukraina Qurolli kuchlarining sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Rossiya Kiyev qo‘llagan G‘arb qurollari va harbiy doktrinalariga qarshi chora topganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina 2026-yilda NATO ixtiyoridagi deyarli barcha turdagi qurollar va ularni qo‘llash doktrinalaridan foydalandi.
"Ukraina NATO qurollanishida mavjud bo‘lgan barcha turdagi qurollarni qo‘lladi. Faqat “Tomagavk”lar, yadro quroli, avianoseslar va F-35 samolyotlari bundan mustasno. Resurs tugadi. Rossiya bularning barchasiga qarshi chora topdi", — dedi Zalujniy. Uning so‘zlarini "Interfaks-Ukraina" keltirmoqda.
Sobiq bosh qo‘mondonning fikricha, davom etayotgan mojaro va ilmiy-texnik taraqqiyot Ukraina armiyasini yangi texnologik bosqichga olib chiqdi, NATO esa hanuz Ikkinchi jahon urushi oxirida shakllangan harbiy doktrinalarga tayanmoqda.
Zalujniy alyans butunlay yangi standartlar va harbiy doktrinaga o‘tishi kerakligini ta’kidladi.
"Ukraina NATOga a’zo bo‘lmagan holda Rossiya bilan urushmoqda. NATOdagilar Rossiya bilan Ukraina tajribasisiz urushishga tayyormi-yo‘qmi, buni ochiq aytsin", — dedi u.
Avvalroq Zalujniy Ukraina NATOga hech qachon kirmasligini aytgan edi. Keyinchalik u alyansga qo‘shilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashini, ammo NATO zamonaviy tahdidlarga moslashishi lozimligini tushuntirdi.
Vladimir Putin Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi mumkinligi Rossiya xavfsizligiga tahdid ekanligini bir necha bor ta’kidlagan. Uning ta’kidlashicha, Kiyevning harbiy blokka qo‘shilishi xavfi maxsus operatsiya boshlanishining sabablaridan biri bo‘lgan.