O‘zbekistonda "propiska" tartibi soddalashtirilishi mumkin

© Sputnik / Yuliya Chestnova / Mediabankka o‘tishOformlenie vremennoy propiski
Oformlenie vremennoy propiski - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.08.2026
Obuna bo‘lish
Yaqin qarindoshlar va talabalar uchun uy-joy maydoni bo‘yicha cheklovlarni bekor qilish, ipotekali uylarda ro‘yxatdan o‘tishni yengillashtirish taklif etilmoqda.
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.
Loyihada uchta asosiy yangilik nazarda tutilmoqda.
Birinchidan, yaqin qarindoshlarni bir manzilga ro‘yxatdan o‘tkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasi bilan bog‘liq cheklovlar bekor qilinishi mumkin. Ya’ni er-xotin, ota-ona va farzandlar, buva-buvi va nevaralar, aka-uka hamda opa-singillar xonadon maydoni belgilangan meyordan kam bo‘lsa ham, bir-birining uyiga ro‘yxatdan o‘ta oladi.
Ikkinchidan, talabalar turar joylarida yashovchi talabalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda ham uy-joy maydonining ijtimoiy normasi qo‘llanilmaydi.
Uchinchidan, ipoteka krediti yoki subsidiya asosida sotib olingan, shuningdek, taqiq yoki xatlov qo‘yilgan uy-joylarda mulkdor va uning yaqin qarindoshlarini ro‘yxatdan o‘tkazish yengillashtiriladi.
Bunday holatda bank, sud yoki MIB kabi vakolatli organlarning alohida roziligi talab etilmaydi.
Bu ipotekali uy egalarining o‘z manzilida ro‘yxatdan o‘tishi va farzandlarini maktab yoki bog‘chaga joylashtirish, poliklinikaga biriktirish hamda boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishini osonlashtirishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, kreditorlar manfaatlarini himoya qilish mexanizmi ham saqlanadi. Ro‘yxatdan o‘tayotgan shaxs oldindan yozma rozilik beradi va garovga oluvchi yoki taqiq qo‘ygan vakolatli organ murojaati asosida uning ro‘yxatdan o‘tkazilishi keyinchalik bekor qilinishi mumkin.
Pasport i blank v rukax izbiratelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2026
“Propiska” tartibi o‘zgardi: uy egalari, yashovchilar va ijarachilar uchun yangi qoidalar
Yangiliklar lentasi
0