To‘rt davlat motosikl poygachilari Ohangaronda UZBEKISTAN ENDURO CUP 2026da bellashdi — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan kelgan 40 nafarga yaqin poygachilar Ohangarondagi murakkab trassada kuch sinashdi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyadan kelgan 40 nafarga yaqin motosikl poygachilar Ohangaron sement ochiq koni va unga tutash hududlarda o‘tkazilgan Uzbekistan Enduro Cup 2026 musobaqasida kuch sinashdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Musobaqa 8–9 avgust kunlari ikki bosqichda o‘tkazildi. Dastlab sportchilar Super Enduro bahslarida qatnashdi, keyin esa asosiy sinov — Rock Day poygasiga chiqdi. Uning qariyb 40 kilometrlik trassasi ochiq kon, toshloq yo‘llar va murakkab relyefli hududlardan o‘tdi.
Bu Ohangarondagi enduro musobaqalarining ikkinchi mavsumi. Ilk turnir 2025-yilda o‘tkazilgan.
O‘zbekistonda ilk bor musobaqada qatnashayotgan rossiyalik Mixail Gavrilov ham trassaning oson bo‘lmaganini ta’kidladi.
“Trassa juda issiq va holdan toydiradigan. Qo‘zg‘aluvchan toshlar juda ko‘p, ular deyarli hamma joyda. Motosiklda doim muvozanatni saqlashga to‘g‘ri keldi”, — dedi u.
Musobaqa tashkilotchilaridan biri NAFKU — O‘zbekistonning milliy avtosport federatsiyasi va Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) a’zosi hisoblanadi.
Rayderlar 40 kilometrlik trassani qanday bosib o‘tgani, ular qanday to‘siqlarga duch kelgani va tomoshabinlar poygani qanday kuzatgani — Sputnik O‘zbekiston videosida.
Uchastniki avtoprobega Parij — Pekin po Velikomu sholkovomu puti pribili v Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2026
Parij – Pekin avtosayyohatining retro avtomobillari Samarqandga yetib keldi – foto
Yangiliklar lentasi
0