https://oz.sputniknews.uz/20260810/uzbekistan-kelajak-oyinlar-59600252.html
PUBG, Dota 2 va futbol: O‘zbekiston “Kelajak o‘yinlari”da uchinchi bo‘ldi
PUBG, Dota 2 va futbol: O‘zbekiston “Kelajak o‘yinlari”da uchinchi bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
“Kelajak o‘yinlari — 2026” Ostonada yakunlandi. FC OLYMPIC PHYGITAL bronza va 50 ming dollar mukofot oldi. Turnirda sakkiz yo‘nalish bo‘yicha chempionlar aniqlandi.
2026-08-10T12:11+0500
2026-08-10T12:11+0500
2026-08-10T12:11+0500
sport
kibersport
futbol
kompyuter o‘yini
musobaqa
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0a/59599996_0:51:959:590_1920x0_80_0_0_4562dadb4c9abf01b5925529d6aa0f81.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonning FC OLYMPIC PHYGITAL jamoasi Ostonada bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari — 2026” musobaqasining fijital futbol yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.O‘zbekiston jamoasi chorak finalda Rossiyaning FFK ROTOR CISS GROUP jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda Argentinaning NS Team jamoasi bilan asosiy bahs 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa o‘zbekistonliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.O‘zbekiston boshqa yo‘nalishlarda ham ishtirok etdi. Sug‘diyona Abduxoliqova (Sagdi) fijital raqs bo‘yicha chorak finalgacha yetib bordi. Fijital shooter yo‘nalishida esa O‘zbekistonning MIRAGE TEAM jamoasi qatnashdi, biroq guruh bosqichidan keyingi bosqichga chiqa olmadi.“Kelajak o‘yinlari — 2026” 29-iyuldan 9-avgustgacha davom etdi. 12 kunlik musobaqalarda 800 nafardan ziyod ishtirokchi sakkiz yo‘nalishda bellashdi. Umumiy sovrin jamg‘armasi 4,65 mln dollarni tashkil etdi.Turnirda sakkizta chempion aniqlandi:— fijital futbol — NS Team (Argentina);— fijital basketbol — Wilders (Armaniston);— fijital shooter — Team KZ (Qozog‘iston);— fijital raqs — Franco Vitali (Argentina);— fijital jang — Archangel Michael;— Dota 2 — PlayTime (Peru);— Mobile Legends: Bang Bang — Bigetron by Vitality (Indoneziya);— PUBG: Battlegrounds — 17 Gaming (Xitoy)
https://oz.sputniknews.uz/20260729/mirziyoev-kelajak-oyinlar-marosim-59363993.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/0a/59599996_54:0:906:639_1920x0_80_0_0_79e138aa2673131b1f3faf6632c47235.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, kibersport , futbol, kompyuter o‘yini, musobaqa, o‘zbekiston
sport, kibersport , futbol, kompyuter o‘yini, musobaqa, o‘zbekiston
PUBG, Dota 2 va futbol: O‘zbekiston “Kelajak o‘yinlari”da uchinchi bo‘ldi
Ostonada 12 kun davom etgan musobaqalar yakunlandi. O‘zbekistonning eng yaxshi natijasi fijital futbolda qayd etildi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonning FC OLYMPIC PHYGITAL jamoasi Ostonada bo‘lib o‘tgan “Kelajak o‘yinlari — 2026” musobaqasining fijital futbol yo‘nalishida bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
O‘zbekiston jamoasi chorak finalda Rossiyaning FFK ROTOR CISS GROUP jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Yarim finalda Argentinaning NS Team jamoasi bilan asosiy bahs 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa o‘zbekistonliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bronza uchun bahsda jamoa Gvatemalaning Club Holcattes jamoasini 1:0 hisobida yengdi. G‘alaba goli uchrashuvning jismoniy bosqichida kiritildi. Jamoa 3-o‘rin bilan birga 50 ming dollar mukofot ham oldi.
O‘zbekiston boshqa yo‘nalishlarda ham ishtirok etdi. Sug‘diyona Abduxoliqova (Sagdi) fijital raqs bo‘yicha chorak finalgacha yetib bordi. Fijital shooter yo‘nalishida esa O‘zbekistonning MIRAGE TEAM jamoasi qatnashdi, biroq guruh bosqichidan keyingi bosqichga chiqa olmadi.
“Kelajak o‘yinlari — 2026” 29-iyuldan 9-avgustgacha davom etdi. 12 kunlik musobaqalarda 800 nafardan ziyod ishtirokchi sakkiz yo‘nalishda bellashdi. Umumiy sovrin jamg‘armasi 4,65 mln dollarni tashkil etdi.
Turnirda sakkizta chempion aniqlandi:
— fijital futbol — NS Team (Argentina);
— fijital basketbol — Wilders (Armaniston);
— fijital shooter — Team KZ (Qozog‘iston);
— fijital raqs — Franco Vitali (Argentina);
— fijital jang — Archangel Michael;
— Dota 2 — PlayTime (Peru);
— Mobile Legends: Bang Bang — Bigetron by Vitality (Indoneziya);
— PUBG: Battlegrounds — 17 Gaming (Xitoy)