https://oz.sputniknews.uz/20260810/uzbekistan-mehnat-baxtsiz-hodisalar-59609620.html
O‘zbekistonda 7 oyda mehnat bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarda 156 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda 7 oyda mehnat bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarda 156 kishi halok bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yetti oyda ish bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, 156 kishi halok bo‘ldi. Eng ko‘p holat Toshkent shahrida, sohalar bo‘yicha esa sanoat va qurilishda qayd etilgan.
2026-08-10T19:12+0500
2026-08-10T19:12+0500
2026-08-10T19:12+0500
vafot etdi
baxtsiz hodisa
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0e/23314760_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_a0280ed6dcadffeb0fc8a0bc18b2b0a9.jpg
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-iyul oylarida mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.Hodisalar oqibatida 580 kishi jabrlangan. Ularning 402 nafari og‘ir, 22 nafari yengil jarohat olgan, 156 kishi halok bo‘lgan.Eng ko‘p baxtsiz hodisalar sanoat — 168 ta va qurilish — 159 ta sohalarida qayd etilgan. Savdo va xizmatlarda 22 ta, transport va logistikada 20 ta, sog‘liqni saqlashda 16 ta, qishloq va suv xo‘jaligida 15 ta, ta’limda 14 ta hodisa sodir bo‘lgan.Shuningdek, Farg‘onada 23 ta, Qoraqalpog‘istonda 20 ta, Sirdaryoda 19 ta, Namanganda 18 ta, Jizzax va Surxondaryoda 16 tadan, Xorazmda 13 ta baxtsiz hodisa qayd etilgani keltirilgan.Biroq Inspeksiya e’lon qilgan hududiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi 447 tani tashkil etadi. E’tiborlisi, birinchi yarim yillik yakunlarida ham jami 447 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan va hududlar bo‘yicha aynan shu raqamlar keltirilgan edi.Birinchi olti oyda 494 kishi jabrlangan, 137 kishi halok bo‘lgan edi. Demak, iyul oyini qo‘shganda umumiy baxtsiz hodisalar soni 82 taga, jabrlanganlar 86 nafarga, halok bo‘lganlar esa 19 nafarga ko‘paygan.Baxtsiz hodisalar natijasida jabrlanganlar va ularning oila a’zolari foydasiga 11 mlrd 379 mln so‘m bir martalik va oyma-oy zarar pullari undirib berilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260112/mehnat-baxtsiz-hodisalar-son-54746240.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/0e/23314760_454:0:3185:2048_1920x0_80_0_0_9cbdc6f9cb1efdb2fcc61a4182c0b4f8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vafot etdi, baxtsiz hodisa, jamiyat, o‘zbekiston
vafot etdi, baxtsiz hodisa, jamiyat, o‘zbekiston
O‘zbekistonda 7 oyda mehnat bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarda 156 kishi halok bo‘ldi
Mehnat inspeksiyasi 529 ta baxtsiz hodisani qayd etdi. Eng ko‘p holat sanoat va qurilish sohalariga to‘g‘ri keldi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-iyul oylarida mehnat faoliyati bilan bog‘liq 529 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Hodisalar oqibatida 580 kishi jabrlangan. Ularning 402 nafari og‘ir, 22 nafari yengil jarohat olgan, 156 kishi halok bo‘lgan.
Eng ko‘p baxtsiz hodisalar sanoat — 168 ta va qurilish — 159 ta sohalarida qayd etilgan. Savdo va xizmatlarda 22 ta, transport va logistikada 20 ta, sog‘liqni saqlashda 16 ta, qishloq va suv xo‘jaligida 15 ta, ta’limda 14 ta hodisa sodir bo‘lgan.
Hududlar kesimida Toshkent shahrida 95 ta, Toshkent viloyatida 58 ta, Qashqadaryoda 38 ta, Buxoroda 34 ta, Andijon va Samarqandda 33 tadan, Navoiyda 31 ta holat ko‘rsatilgan.
Shuningdek, Farg‘onada 23 ta, Qoraqalpog‘istonda 20 ta, Sirdaryoda 19 ta, Namanganda 18 ta, Jizzax va Surxondaryoda 16 tadan, Xorazmda 13 ta baxtsiz hodisa qayd etilgani keltirilgan.
Biroq Inspeksiya e’lon qilgan hududiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi 447 tani tashkil etadi. E’tiborlisi, birinchi yarim yillik yakunlarida ham jami 447 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan va hududlar bo‘yicha aynan shu raqamlar keltirilgan edi.
Birinchi olti oyda 494 kishi jabrlangan, 137 kishi halok bo‘lgan edi. Demak, iyul oyini qo‘shganda umumiy baxtsiz hodisalar soni 82 taga, jabrlanganlar 86 nafarga, halok bo‘lganlar esa 19 nafarga ko‘paygan.
Baxtsiz hodisalar natijasida jabrlanganlar va ularning oila a’zolari foydasiga 11 mlrd 379 mln so‘m bir martalik va oyma-oy zarar pullari undirib berilgan.