2025 yilda ishdagi baxtsiz hodisalar qurbonlari soni va yetakchi sohalar ma’lum qilindi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishStroiteli osushestvlyayut montaj stenovix paneley sokolnogo etaja mnogokvartirnogo jilogo doma
Stroiteli osushestvlyayut montaj stenovix paneley sokolnogo etaja mnogokvartirnogo jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2026
Obuna bo‘lish
Mehnat faoliyatidagi baxtsiz hodisalar sabab 400 dan ortiq mansabdorga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 2025-yilda mehnat faoliyati bilan bog‘liq 849 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan bo‘lib, ular oqibatida 248 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur ma’lumotlar Davlat mehnat inspeksiyasi statistikasida aks etgan.
Qayd etilgan baxtsiz hodisalarning:
50 tasi — guruhiy,
583 tasi — og‘ir oqibatli,
216 tasi — o‘lim bilan tugagan.
Jabrlanganlar umumiy soni 961 nafarni tashkil etib, ulardan:
680 nafari — og‘ir jarohatlangan,
33 nafari — yengil jarohat olgan,
248 nafari — vafot etgan.
Hodisalar yuzasidan 432 nafar mansabdor shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, 241 nafar shaxsga esa ma’muriy jarima qo‘llanilgan.
Sohalar kesimida:
Qurilish — 234 ta,
Yengil sanoat — 47 ta,
Transport — 37 ta,
Qishloq va suv xo‘jaligi — 36 ta,
Energetika — 34 ta,
Sog‘liqni saqlash — 27 ta,
Kimyo sanoati — 11 ta,
Maktabgacha ta’lim — 8 ta,
Boshqa sohalar — 370 ta.
Ayrim korxonalarda ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Xususan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 22 ta, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida esa 11 ta baxtsiz hodisa ro‘y bergan.
Hududlar kesimida:
Toshkent shahri — 153 ta,
Qashqadaryo viloyati — 93 ta,
Buxoro viloyati — 92 ta,
Toshkent viloyati — 75 ta,
Andijon viloyati — 75 ta,
Navoiy viloyati — 65 ta,
Samarqand viloyati — 53 ta,
Farg‘ona viloyati — 50 ta,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 47 ta,
Sirdaryo viloyati — 46 ta,
Jizzax viloyati — 35 ta,
Namangan viloyati — 33 ta,
Surxondaryo viloyati — 16 ta,
Xorazm viloyati — 16 ta.
Seremoniya vvoda v ekspluatatsiyu novoy parogazovoy teploelektrostansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2025
Mehnatni muhofaza qilish, jamoat nazorati: ish beruvchilarga yangi talablar joriy qilindi
Yangiliklar lentasi
0