https://oz.sputniknews.uz/20260805/unicef-ukraine-hujum-bayonot-59496621.html
YuNISEF Rossiyada bolalar halok bo‘lgan Ukraina dronlari hujumidan so‘ng bayonot berdi
YuNISEF Rossiyada bolalar halok bo‘lgan Ukraina dronlari hujumidan so‘ng bayonot berdi
Sputnik O‘zbekiston
YuNISEF Rossiya hududlarida bolalar halok bo‘lgan va jarohatlangan hujumlarni tilga olib, barcha tomonlarni xalqaro gumanitar huquq talablariga rioya qilish hamda fuqarolik infratuzilmasini himoya etishga chaqirdi.
2026-08-05T10:10+0500
2026-08-05T10:10+0500
2026-08-05T10:10+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyo yangiliklari
dunyoda
bmt
bolalar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/05/59496442_0:168:3046:1881_1920x0_80_0_0_e6dfd11074a123b46c5e6718190a0f43.jpg
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. BMT Bolalar jamg‘armasi — YuNISEF Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi va Belgorod viloyatida bolalar halok bo‘lgan hamda jarohatlangan hujumlardan so‘ng barcha tomonlarni xalqaro gumanitar huquq talablariga rioya qilishga chaqirdi. Tashkilotning 4-avgust kuni e’lon qilingan bayonotida so‘nggi bir necha kun ichida bolalar yana hujumlar qurboni bo‘lgani ta’kidlandi.YuNISEF Belgorod viloyatida 2-avgust kuni dron bolalar maydonchasi yaqiniga zarba berishi oqibatida 13 yoshli qiz halok bo‘lgani, yetti va to‘qqiz yoshli yana ikki qiz jarohatlangani haqidagi xabarlarni keltirdi.Shuningdek, tashkilot Krasnodar o‘lkasidagi hujumda yetti kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘lgani va qariyb 40 kishi jarohatlanganini qayd etgan.YuNISEF bayonoti e’lon qilinganidan keyin Krasnodar o‘lkasi tezkor shtabi ma’lumotlarni yangiladi. Unga ko‘ra, Gelenjikda halok bo‘lgan yetti kishining to‘rt nafari bolalardir.Jarohatlanganlar soni 58 nafarga yetgan. Ulardan 21 nafari kasalxonaga yotqizilgan, yana 37 kishiga ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilgan.YuNISEF barcha tomonlarni bolalar va fuqarolik infratuzilmasini himoya qilish bo‘yicha xalqaro gumanitar huquqda belgilangan majburiyatlarga rioya qilishga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260604/un-starobelsk-ukraine-zarba-halok-bolgan-bayonot-58089855.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/05/59496442_158:0:2889:2048_1920x0_80_0_0_1b5ffde17a306ad95dbfad4daf44887c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyo yangiliklari, dunyoda, bmt, bolalar
dunyo yangiliklari, dunyoda, bmt, bolalar
YuNISEF Rossiyada bolalar halok bo‘lgan Ukraina dronlari hujumidan so‘ng bayonot berdi
Tashkilot Gelenjik va Belgoroddagi hodisalarni tilga olib, bolalarga zarar yetkazuvchi hujumlarni darhol to‘xtatishga chaqirdi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. BMT Bolalar jamg‘armasi — YuNISEF Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi va Belgorod viloyatida bolalar halok bo‘lgan hamda jarohatlangan hujumlardan so‘ng barcha tomonlarni xalqaro gumanitar huquq talablariga rioya qilishga
chaqirdi.
Tashkilotning 4-avgust kuni e’lon qilingan bayonotida so‘nggi bir necha kun ichida bolalar yana hujumlar qurboni bo‘lgani ta’kidlandi.
YuNISEF Belgorod viloyatida 2-avgust kuni dron bolalar maydonchasi yaqiniga zarba berishi oqibatida 13 yoshli qiz halok bo‘lgani, yetti va to‘qqiz yoshli yana ikki qiz jarohatlangani haqidagi xabarlarni keltirdi.
Shuningdek, tashkilot Krasnodar o‘lkasidagi hujumda yetti kishi, jumladan, uch nafar bola halok bo‘lgani va qariyb 40 kishi jarohatlanganini qayd etgan.
"Bolalar halok bo‘layotgan va jarohatlanayotgan hujumlar to‘xtatilishi kerak", — deya ta’kidladi tashkilot.
YuNISEF bayonoti e’lon qilinganidan keyin Krasnodar o‘lkasi tezkor shtabi ma’lumotlarni yangiladi. Unga ko‘ra, Gelenjikda halok bo‘lgan yetti kishining to‘rt nafari bolalardir.
Jarohatlanganlar soni 58 nafarga yetgan. Ulardan 21 nafari kasalxonaga yotqizilgan, yana 37 kishiga ambulator tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
YuNISEF barcha tomonlarni bolalar va fuqarolik infratuzilmasini himoya qilish bo‘yicha xalqaro gumanitar huquqda belgilangan majburiyatlarga rioya qilishga chaqirdi.