Riyeltorlar uchun yangi qoidalar: uy sotib oluvchi va ijarachi nimalarni bilishi kerak

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishKlyuchi ot kvartiri
Klyuchi ot kvartiri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2026
Obuna bo‘lish
Noyabrdan fuqarolar riyeltor va agentlikning qonuniy ishlayotganini Yagona reyestr orqali tekshirish imkoniga ega bo‘ladi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonda ko‘chmas mulk sotib olish yoki ijaraga olishda vositachi xizmatidan foydalanadigan fuqarolar uchun yangi tartib joriy etiladi. 7-avgustda qabul qilingan “Riyeltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun 8-noyabrdan kuchga kiradi.
Eng muhim o‘zgarish — riyeltorlik tashkiloti va ko‘chmas mulk agenti haqidagi ma’lumotlar Yagona reyestrga kiritilganidan keyingina ular rasman ishlay oladi. Reyestrda riyeltorlar, agentliklar va ularning faoliyati haqida ochiq ma’lumotlar joylashtiriladi. Bu mijozga vositachi qonuniy ishlayaptimi-yo‘qmi, tekshirish imkonini beradi.
Shuningdek, “agent” va riyeltorning vakolati ajratiladi. Ko‘chmas mulk agenti faqat axborot, maslahat va reklama xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Kvartirani sotish, sotib olish yoki ijaraga berishda bitimga vositachilik qilish esa riyeltorlik tashkiloti vakolatiga kiradi.
Riyeltorning o‘zi maxsus o‘quvdan o‘tib, imtihon topshirishi va shtrix-kodli malaka sertifikati olishi kerak bo‘ladi. U faqat riyeltorlik tashkiloti tarkibida ishlashi mumkin.
Qonun, shuningdek, ko‘chmas mulk bo‘yicha ma’lumotlarni elektron almashish imkonini beradigan multilisting tizimini joriy etishni nazarda tutadi. U xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Stroitelstvo mnogoetajki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
O‘zbekistonda uy-joy narxlari bir yilda qanchaga oshgani ma’lum qilindi
Yangiliklar lentasi
0