O‘zbekistonda uy-joy narxlari bir yilda qanchaga oshgani ma’lum qilindi

© Sputnik / Baxrom XatamovStroitelstvo mnogoetajki
Stroitelstvo mnogoetajki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.07.2026
Obuna bo‘lish
Milliy statistika qo‘mitasi uy-joy narxlarini yangi usulda hisoblay boshladi.
TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. 2026-yilning II choragida O‘zbekistonda turar joy ko‘chmas mulki narxlari o‘tgan chorakka nisbatan 1,3 foizga, 2025-yilning mos davriga nisbatan esa 4 foizga oshdi. Bundan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Kvartiralar narxi bir yil davomida 5,5 foizga, jumladan:
birlamchi bozorda — 7,1 foizga;
ikkilamchi bozorda — 4,2 foizga qimmatlashgan.
Yakka tartibdagi uylar narxi esa 2025-yilning II choragiga nisbatan 2 foizga oshgan.

Toshkent shahrida kvartiralar narxi bir yilda 3,9 foizga, respublikaning qolgan hududlarida esa 7 foizga ko‘tarilgan.
2026 yilning II choragidan boshlab uy-joy narxlari indekslari yangilangan metodologiya — gedonik regressiya usuli asosida hisoblanmoqda. Mazkur usul uy-joyning maydoni, joylashuvi, qavati va boshqa xususiyatlarini hisobga olib, bozordagi narxlar dinamikasini yanada aniqroq baholash imkonini beradi.
Hisob-kitoblar uchun asosan OLX.uz platformasidagi e’lonlar, hududlarda riyeltorlar va ko‘chmas mulk kanallaridagi ma’lumotlardan foydalaniladi. 2026-yilning birinchi yarmida har chorakda respublika bo‘yicha qariyb 150 mingta narx ma’lumoti qayd etilgan.
Jiloy dom dlya pereseleniya po programme renovatsii v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2026
Uy-joy narxlari oshmoqda: eskrou tizimi oldidan bitimlar qariyb 50 foizga ko‘paydi
Yangiliklar lentasi
0