Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi

© Getty Images / skynesherStudenti v auditorii
Studenti v auditorii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Obuna bo‘lish
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi chet elda yashovchi 14–18 yoshli vatandosh o‘quvchilar o‘rtasida har yili o‘tkaziladi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi. Hukumat qarori bilan olimpiadani o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, olimpiadada chet elda istiqomat qiluvchi 14-18 yoshli vatandosh maktab o‘quvchilari ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi. Ular musobaqada yakka tartibda yoki jamoaviy shaklda qatnashishi mumkin.
Xalqaro olimpiada har yili oktabr oyigacha ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar 30 ta test topshirig‘ini bajaradi. Bu bosqich 50 ball bilan baholanadi.
Ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilar hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan 5 tagacha esse mavzusidan qur’a orqali tanlangan bittasi asosida yozma ish yozadi.
Ishtirokchilar olimpiadada onlayn yoki oflayn shaklda qatnashishi mumkin. Xorijiy davlat terma jamoalari tarkibi 6 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat bo‘ladi. Bir davlatdan 3 tagacha terma jamoa ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
Lex.uzdagi prezident qarorida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Vatandoshlar” jamoat fondi har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini o‘tkazib borishi belgilangan.
Olimpiada g‘oliblari respublika oliy ta’lim muassasalarining “filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida qabul qilinadi.
G‘olib va sovrindorlar oltin, kumush va bronza medallari, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Sentr uzbekskogo yazika i kulturi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2026
Chet el fuqarolari o‘zbek tilidan imtihon topshiradi
Yangiliklar lentasi
0