Belarus O‘zbekiston bilan savdo va kooperatsiyani oshirishni taklif qildi

© Palata predstaviteley BelarusiVstrecha posla Uzbekistana Nuriddina Mamajonova so spikerom Palati predstaviteley Belarusi Igorem Sergeyenko
Vstrecha posla Uzbekistana Nuriddina Mamajonova so spikerom Palati predstaviteley Belarusi Igorem Sergeyenko - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.08.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar savdo, hududlararo kooperatsiya, turizm va tibbiyot sohalarida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Belarus va O‘zbekiston o‘zaro savdoni oshirish va yangi kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarga ega. Bu haqda Belarus Vakillar palatasi raisi Igor Sergeyenko O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi Nuriddin Mamajonov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Sergeyenko O‘zbekistonning MDH doirasida xizmatlarning erkin savdosi va investitsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shilishi yangi qo‘shma loyihalarni ishga tushirishga turtki berishi mumkinligini ta’kidladi.
Tomonlar hududlararo hamkorlikni ham kengaytirish niyatida. Xususan, O‘zbekiston Vitebsk viloyatini istiqbolli hamkorlik hududlaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Bu yerda qo‘shma iqtisodiy loyihalar va uzoq muddatli tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Uchrashuvda turizm va tibbiyot sohalari ham muhokama qilindi. Belarus tomoni sanatoriy-kurort xizmatlari hamda tibbiy ilmiy-amaliy markazlar tajribasini O‘zbekiston bilan bo‘lishishga tayyorligini bildirdi.
Sergeyenko parlamentlar o‘rtasidagi aloqalarni, jumladan, do‘stlik guruhlari va sohaviy komissiyalar hamkorligini faollashtirishni ham taklif qildi.
Iyul oyida prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzolagan edi.
Slavanskiy karavan: perviy pramoy blok-poyezd pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
Ikki oygacha emas, olti kunda: Belarusdan "Slavan karvoni" Toshkentga yetib keldi
Yangiliklar lentasi
0