Ikki oygacha emas, olti kunda: Belarusdan "Slavan karvoni" Toshkentga yetib keldi

© AO "O‘ztemiryo‘lkonteyner"Slavanskiy karavan: perviy pramoy blok-poyezd pribil v Tashkent
Slavanskiy karavan: perviy pramoy blok-poyezd pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.08.2026
Obuna bo‘lish
Yo‘nalishda poyezdlar oyiga ikki marta qatnaydi, O‘zbekistondan Belarusga meva, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari tashiladi.
TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Belarusdan yo‘lga chiqqan birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri "Slavan karvoni" blok-poyezdi Toshkentdagi Chuqursoy stansiyasiga yetib keldi. Qariyb 4 ming kilometrlik yo‘l olti sutkada bosib o‘tildi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lkonteyner" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Poyezd 30-iyulda Belarusning Orsha-Vostochnaya stansiyasidan jo‘natilgan. Unda qariyb 3,8 ming tonna yuk — yog‘ochni qayta ishlash mahsulotlari, shakar, kartoshka kraxmali, kombikorm va boshqa oziq-ovqat tovarlari tashilgan.
"Slavan karvoni" Belarus — Rossiya — Qozog‘iston — O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha tarkibni yo‘lda qayta shakllantirmasdan va ortiqcha to‘xtashlarsiz harakatlanadi. Yangi servis dastlab oyiga ikki marta yo‘lga qo‘yiladi.
Belarus temir yo‘li ma’lumotiga ko‘ra, ilgari alohida vagonning O‘zbekistonga yetib kelishi ikki oygacha cho‘zilishi mumkin edi. Yangi poyezdda esa yuklar 5–7 sutkada yetkaziladi.
Shuningdek, 20 tonnali konteynerni temir yo‘l orqali tashish avtomobil transportiga nisbatan kamida bir yarim baravar arzon tushishi aytilmoqda.
Belarus tomoni xuddi shunday tarkiblar O‘zbekistondan ham jo‘natilishini ma’lum qildi. Ular orqali Belarusga yengil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, meva-sabzavotlar tashish rejalashtirilgan.
Loyiha bir martalik reys emas. 3-avgust kuni Belarusdan ikkinchi "Slavan karvoni" ham yo‘lga chiqdi. U 4 ming tonnadan ziyod yog‘ochni qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini olib kelmoqda.
Ikkinchi poyezd tarkibiga O‘zbekiston orqali Qirg‘iziston va Tojikistonga yuboriladigan tranzit yuklar ham kiritilgan. Bu Chuqursoy stansiyasining Belarus yuklarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga taqsimlashdagi ahamiyatini oshiradi.
"O‘ztemiryo‘lkonteyner" yangi yo‘nalish orqali import va eksport yuklarini, shuningdek Belarus hududi orqali Yevropa mamlakatlariga yo‘naltiriladigan tranzit yuklarni tashish xizmatlarini taklif etadi.
Prezident oznakomilsya s prezentatsiyey po dogovorennostam dostignutix v xode vizita v Belarus - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
Prezident Belarusda ish bilan ta’minlash va tadbirkorlik loyihalarini tezlashtirishni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0