https://oz.sputniknews.uz/20260809/uzbekistan-russia-shartnomalar-59580441.html
O‘zbekiston biznesi Rossiyada 200 mln dollardan ortiq shartnomalar imzoladi
O‘zbekiston biznesi Rossiyada 200 mln dollardan ortiq shartnomalar imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning uch shahrida o‘tkazilgan B2B uchrashuvlarida 100 dan ortiq o‘zbekistonlik tadbirkor qatnashdi. Yakunda 200 mln dollardan ortiq shartnomalar imzolandi.
2026-08-09T12:24+0500
2026-08-09T12:24+0500
2026-08-09T12:24+0500
rossiya
qozon
savdo
savdo-sanoat palatasi
eksport
import
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/09/59580276_0:15:1280:735_1920x0_80_0_0_e00682d111578d37bb17e1f635db7c83.jpg
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston tadbirkorlarining Rossiyaning Qozon, Ufa va Samara shaharlarida o‘tkazilgan biznes-missiyasi yakunida 200 mln dollardan ortiq miqdorda shartnomalar imzolandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.Kichik biznes uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan missiyada 100 dan ortiq o‘zbekistonlik tadbirkor ishtirok etdi.Qozonda o‘zbekistonlik korxonalardan biri to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 1 mln dollarlik shartnoma imzoladi.Ufada esa “Premier Elektrotex” mehmonxonani maishiy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha 200 ming dollarlik kelishuvga erishdi. Shuningdek, kompaniyaga Boshqirdistonda muzlatkich ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun 10 gektar yer ajratildi.Missiyaning so‘nggi manzili Samara bo‘ldi. Bu yerda tadbirkorlar eksport-import hajmini oshirish, yangi hamkorlar topish va O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiya bozoriga olib chiqish masalalarini muhokama qildi.Yakunlarga ko‘ra, uch shahardagi B2B muzokaralari doirasida jami 200 mln dollardan ortiq shartnomalar imzolandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260806/ufa-uzbekistan-savdo-uy-59514781.html
qozon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/09/59580276_0:0:1140:854_1920x0_80_0_0_4705516adc073cc54151877247cd91af.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, qozon, savdo, savdo-sanoat palatasi, eksport, import, tadbirkor
rossiya, qozon, savdo, savdo-sanoat palatasi, eksport, import, tadbirkor
O‘zbekiston biznesi Rossiyada 200 mln dollardan ortiq shartnomalar imzoladi
Qozon, Ufa va Samaradagi biznes-missiya yakunida o‘zbekistonlik tadbirkorlar 200 mln dollardan ortiq kelishuvlarga erishdi.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston tadbirkorlarining Rossiyaning Qozon, Ufa va Samara shaharlarida o‘tkazilgan biznes-missiyasi yakunida 200 mln dollardan ortiq miqdorda shartnomalar imzolandi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Kichik biznes uyushmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan missiyada 100 dan ortiq o‘zbekistonlik tadbirkor ishtirok etdi.
Uchrashuvlarda to‘qimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, kimyo, mashinasozlik, qurilish, logistika va boshqa sohalarda hamkorlik muhokama qilindi.
Qozonda o‘zbekistonlik korxonalardan biri to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha 1 mln dollarlik shartnoma imzoladi.
Ufada esa “Premier Elektrotex” mehmonxonani maishiy texnika bilan ta’minlash bo‘yicha 200 ming dollarlik kelishuvga erishdi. Shuningdek, kompaniyaga Boshqirdistonda muzlatkich ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun 10 gektar yer ajratildi.
Missiyaning so‘nggi manzili Samara bo‘ldi. Bu yerda tadbirkorlar eksport-import hajmini oshirish, yangi hamkorlar topish va O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiya bozoriga olib chiqish masalalarini muhokama qildi.
Yakunlarga ko‘ra, uch shahardagi B2B muzokaralari doirasida jami 200 mln dollardan ortiq shartnomalar imzolandi.