SamDTU o‘qituvchilari Sankt-Peterburg davlat universitetida malaka oshirmoqda

© FotoPrepodavateli SamGMU povishayut kvalifikatsiyu v stareyshem universitete Rossii SPbGU
Prepodavateli SamGMU povishayut kvalifikatsiyu v stareyshem universitete Rossii SPbGU - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.08.2026
Obuna bo‘lish
Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘qituvchilari 23 davlat vakillari qatnashayotgan xalqaro yozgi maktabda tahsil olmoqda.
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Samarqand davlat tibbiyot universiteti o‘qituvchilari Sankt-Peterburg davlat universitetida rus tili o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan IV yozgi maktabda malaka oshirmoqda.
Dasturda SamDTUning o‘zbek va rus tillari kafedrasi dotsenti Shahlo Jamaldinova hamda stajor-assistent Zamira Xoliqova ishtirok etmoqda.
Malaka oshirish dasturi 144 akademik soatga mo‘ljallangan. Bu yil yozgi maktabda O‘zbekiston, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Hindiston, Serbiya, Germaniya, Polsha va boshqa davlatlardan 80 dan ortiq o‘qituvchi qatnashmoqda. Jami 23 mamlakat vakillari jalb etilgan.
Dastur doirasida ishtirokchilar rus tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy usullari, raqamli ta’lim resurslari, rus tilini chet tili sifatida o‘qitish, ikki tilli bolalar bilan ishlash metodikasi bilan tanishmoqda.
Shuningdek, mashg‘ulotlarda o‘yin texnologiyalari, sun’iy intellekt vositalari, videomateriallar, podkastlar va intellektual xaritalardan ta’lim jarayonida foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.
Loyiha Sankt-Peterburg davlat universitetida 2023-yildan buyon o‘tkazib kelinadi. U “Russkiy mir” jamg‘armasi, Rossotrudnichestvo va Sankt-Peterburg tashqi aloqalar qo‘mitasi ko‘magida tashkil etilgan.
Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar SPbDUning malaka oshirish guvohnomasini oladi.
Troe uchiteley iz Uzbekistana stali pobeditelyami konkursa po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.07.2026
Samarqand va Toshkent viloyatidan uch nafar o‘qituvchi Moskvadagi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0