Yo‘llar to‘g‘risida yangi qonun: og‘ir va yirik transportlar ruxsatnoma bilan harakatlanadi

© Adityamadhav83Avtodoroga
Avtodoroga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2026
Obuna bo‘lish
Yangi qonunda og‘ir va yirik transportlar harakati, pulli yo‘llar hamda ularga muqobil bepul yo‘nalishlar tartibi belgilandi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. O‘zbekistonda "Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi.
Hujjatga ko‘ra, yirik gabaritli va og‘ir vaznli transport vositalari avtomobil yo‘llarida faqat maxsus vakolatli organ yoki uning tizimidagi idoralar bergan ruxsatnoma asosida harakatlanishi mumkin.
Maxsus ruxsatnoma tartibi avval ham qonunosti hujjatlarida amal qilgan. Yangi qonun bilan ushbu talab qonun darajasida mustahkamlandi.
Qonunda avtomobil yo‘llari umumiy foydalanishdagi yo‘llar, aholi punktlarining ichki yo‘llari va xo‘jalik yo‘llariga ajratildi. Ulardan foydalanish bepul yoki belgilangan tartibda pulli bo‘lishi mumkin.
Pulli yo‘lni qurish, rekonstruksiya qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qaror prezident yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunda haydovchilar uchun tegishli holatdagi muqobil bepul yo‘l mavjud bo‘lishi shart.
Pulli yo‘lda yuqori tezlik rejimi va butun yo‘nalish bo‘ylab yuqori darajadagi servis ta’minlanishi lozim. To‘lov yo‘lga kirish, to‘lov punkti yoki yo‘l talonini sotib olish orqali amalga oshiriladi.
Qonunda umumiy foydalanishdagi yo‘llar uchun ajratiladigan yer mintaqasining minimal o‘lchamlari ham belgilandi: I toifadagi yo‘llarda — 80 metr, II toifada — 60 metr, III va IV toifalarda — 40 metr, V toifada esa 25 metr.
Bu yerda gap qatnov qismi yoki asfalt yo‘lning kengligi haqida emas. Ajratilgan mintaqa yo‘lning o‘zi, uning konstruktiv elementlari, muhandislik inshootlari, xizmat binolari hamda himoya va manzarali daraxtzorlar uchun ajratiladigan yer maydonini qamrab oladi.
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi sohadagi maxsus vakolatli organ etib belgilandi. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari davlat mulki hisoblanadi.
Shavkat Mirziyoyev dal start stroitelstvu novoy avtomagistrali Tashkent — Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2026
Toshkentdan Samarqandga 2,5 soatda: prezident yangi avtomagistral qurilishini boshlab berdi
Yangiliklar lentasi
0