https://oz.sputniknews.uz/20260722/tashkent-samarkand-avtomagistral-qurilish-59193085.html
Toshkentdan Samarqandga 2,5 soatda: prezident yangi avtomagistral qurilishini boshlab berdi
Toshkentdan Samarqandga 2,5 soatda: prezident yangi avtomagistral qurilishini boshlab berdi
Sputnik O‘zbekiston
Qiymati qariyb $2,2 mlrd bo‘lgan olti polosali Toshkent — Samarqand avtomagistrali sutkasiga 80 mingtagacha avtomobil o‘tkazadi. Loyiha yuk tashish tannarxini 20–24 foizga kamaytirishi kutilmoqda.
2026-07-22T16:19+0500
2026-07-22T16:19+0500
2026-07-22T16:19+0500
qurilish
yo‘l
o‘zbekiston
temir yo‘l
transafg‘on temir yo‘li
shavkat mirziyoyev
jamiyat
samarqand
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/16/59192907_0:178:2560:1618_1920x0_80_0_0_62b418b8599dee1bdee18211c1784fb3.jpg
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida maxsus kapsula qo‘yib, yangi Toshkent — Samarqand avtomagistrali qurilishini boshlab berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qiymati qariyb 2,2 mlrd dollar bo‘lgan olti polosali avtomagistralning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida 92 ta ko‘prik, 28 ta yo‘l o‘tkazgich va 60 ta tunnel tipidagi o‘tish joyi quriladi.Yo‘lga monolit beton qoplama yotqiziladi. Tekis hududlarda soatiga 150 kilometr tezlikda harakatlanish imkoniyati yaratiladi.Ta’kidlanishicha, bugun O‘zbekiston hududidan 4 ming kilometr xalqaro ahamiyatga ega tranzit yo‘l o‘tadi. Xalqaro yo‘llarning 30 foizi to‘liq quvvatda, yana 25 foizi esa ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda."Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston" va Transafg‘on temir yo‘llari ishga tushgach, O‘zbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha bo‘lgan eng qisqa quruqlik yo‘lagining asosiy bo‘g‘iniga aylanishi kutilmoqda.Pokiston portlari orqali Hind okeani va qariyb 2 mlrd aholi yashaydigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyati ham kengayadi.Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat yiliga qo‘shimcha 15–20 mln tonna xalqaro tranzit yukini qabul qilsa:Jahon banki tahliliga ko‘ra, bunday loyihalarga sarflangan har bir dollar iqtisodiyotga besh barobargacha qaytishi mumkin.Yangi magistral Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari yalpi hududiy mahsulotining 3 foizga o‘sishiga turtki berishi kutilmoqda.Magistral bo‘yida logistika markazlari, omborlar, sanoat va agrosanoat korxonalari, savdo-servis, mehmonxona va turizm obyektlari barpo etiladi.Davlat rahbari Xiva — Urganch yo‘li qurilishi boshlangani, Toshkent — Andijon yo‘li bo‘yicha xalqaro tender yakunlanish arafasida ekani, Toshkentni Bo‘stonliq bilan bog‘laydigan yo‘lni loyihalash ishlari esa yakuniga yetkazilayotganini qayd etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260513/tashkent-chorvoq-pullik-yol-qurilish-57526240.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/16/59192907_0:0:2276:1707_1920x0_80_0_0_c926b7c280b299c85afdc1b216ecf0be.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qurilish, yo‘l, o‘zbekiston, temir yo‘l, transafg‘on temir yo‘li, shavkat mirziyoyev, jamiyat, samarqand, toshkent
qurilish, yo‘l, o‘zbekiston, temir yo‘l, transafg‘on temir yo‘li, shavkat mirziyoyev, jamiyat, samarqand, toshkent
Toshkentdan Samarqandga 2,5 soatda: prezident yangi avtomagistral qurilishini boshlab berdi
Avtomagistralning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida maxsus kapsula qo‘yib, yangi Toshkent — Samarqand avtomagistrali qurilishini boshlab berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Qiymati qariyb 2,2 mlrd dollar bo‘lgan olti polosali avtomagistralning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida 92 ta ko‘prik, 28 ta yo‘l o‘tkazgich va 60 ta tunnel tipidagi o‘tish joyi quriladi.
Yo‘lga monolit beton qoplama yotqiziladi. Tekis hududlarda soatiga 150 kilometr tezlikda harakatlanish imkoniyati yaratiladi.
Yangi magistral ishga tushgach, Toshkentdan Samarqandga yetib borish vaqti 5 soatdan 2,5 soatga qisqaradi. Yo‘l sutkasiga 60–80 mingta transport vositasini o‘tkazadi, yuk tashish tannarxi esa 20–24 foizga pasayishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bugun O‘zbekiston hududidan 4 ming kilometr xalqaro ahamiyatga ega tranzit yo‘l o‘tadi. Xalqaro yo‘llarning 30 foizi to‘liq quvvatda, yana 25 foizi esa ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.
"Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston" va Transafg‘on temir yo‘llari ishga tushgach, O‘zbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha bo‘lgan eng qisqa quruqlik yo‘lagining asosiy bo‘g‘iniga aylanishi kutilmoqda.
Pokiston portlari orqali Hind okeani va qariyb 2 mlrd aholi yashaydigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyati ham kengayadi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat yiliga qo‘shimcha 15–20 mln tonna xalqaro tranzit yukini qabul qilsa:
400–600 mln dollar daromad olinadi;
logistika markazlari va terminallarga 3 mlrd dollar investitsiya jalb etiladi;
kamida 50 mingta barqaror ish o‘rni yaratiladi.
Jahon banki tahliliga ko‘ra, bunday loyihalarga sarflangan har bir dollar iqtisodiyotga besh barobargacha qaytishi mumkin.
Yangi magistral Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari yalpi hududiy mahsulotining 3 foizga o‘sishiga turtki berishi kutilmoqda.
Yo‘l aholisi 2 milliondan ziyod bo‘lgan 13 ta tuman hududidan o‘tadi. Bu yerlarda minglab ish o‘rinlari va yangi daromad manbalari paydo bo‘ladi.
Magistral bo‘yida logistika markazlari, omborlar, sanoat va agrosanoat korxonalari, savdo-servis, mehmonxona va turizm obyektlari barpo etiladi.
Davlat rahbari Xiva — Urganch yo‘li qurilishi boshlangani, Toshkent — Andijon yo‘li bo‘yicha xalqaro tender yakunlanish arafasida ekani, Toshkentni Bo‘stonliq bilan bog‘laydigan yo‘lni loyihalash ishlari esa yakuniga yetkazilayotganini qayd etdi.