Vengriya bilan hamkorlikda O‘zbekistonda AES butlovchi qismlari ishlab chiqarilishi mumkin

© Sputnik / Baxrom XatamovMaket budushey atomnoy elektrostansii (AES)
Maket budushey atomnoy elektrostansii (AES) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.08.2026
Obuna bo‘lish
"O‘zatom" Vengriya kompaniyasi bilan AESda suv sarfini kamaytiruvchi quruq sovutish tizimini joriy etishni muhokama qildi.
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Vengriyaning MVM EGI Zrt. davlat kompaniyasi delegatsiyasi Toshkentga kelib, "O‘zatom" agentligi bilan bo‘lajak AES uchun quruq sovutish tizimini joriy etish masalasini muhokama qildi. Bu haqda "O‘zatom" agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu texnologiya AESda hosil bo‘ladigan issiqlikni tashqi muhitga chiqarishda suv sarfini kamaytirish imkonini beradi.
Shu bois u O‘zbekistonning iqlim sharoiti va respublikada qabul qilingan suvni tejash konsepsiyasiga mos yechim sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Tomonlar tizimni loyihalash, uni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish hamda butlovchi qismlarni mamlakat hududida ishlab chiqarish masalalarini muhokama qildi.
"O‘zatom" ma’lumotiga ko‘ra, AES maydonchasida quruq sovutish tizimini joriy etish bo‘yicha shartnoma muzokaralarini yakuniy bosqichga olib chiqish rejalashtirilgan. Keyingi bosqichda tomonlar erishilgan kelishuvlarni amalga tatbiq etishga o‘tadi.
MVM EGI Zrt. bosh direktori Peter Karpati kompaniya zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish va O‘zbekiston atom energetikasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Vengriya delegatsiyasining ikki kunlik tashrifi davomida mutaxassislar quruq sovutish tizimining texnik parametrlarini batafsil ko‘rib chiqadi.
"O‘zatom" va MVM EGI Zrt. o‘rtasidagi hamkorlik memorandum asosida amalga oshirilmoqda. U quruq sovutish texnologiyalarini joriy etish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va malakali mutaxassislar tayyorlashni nazarda tutadi.
Goroda mira. Budapesht - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2026
Vengriya kompaniyalari rahbarlari bilan AES va neft-gaz sohasida muzokaralar o‘tkazildi
Yangiliklar lentasi
0